O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet10/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot
Epidemiologik usulning tuzilishi, tarkibiy qismlari va bu usulning ahamiyati.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda va ularning oldini olishda, epidemiyaga qarshi kurashish choralarini tashkil etishda asosiy qonun-qoidalardan biri, epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarining boshlang’ich yoki asosiy yo’nalishini aniqlashdir. Bu asosiy yo’nalishni aniqlash epidemiologik tekshirish usullarini qo’llash tufayli amalga oshiriladi.
Klinika sharoitida kasal kishidagi kasallik belgilarini o’rganib shu belgilar asosida kasallikni aniqlashga klinik diagnoz deb ataladi. Xuddi shu singari yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablarini, ularning tarqalish yo’llarini, kasallik paydo bo’lgan va tarqalayotgan muhitning shart-sharoitlarini o’rganib shu asosda epidemik jarayonning rivojlanishini ochiq-oydin qilib aniqlashga epidemiologik diagnoz deyiladi (1-jadval).
1-jadval
Yuqumli kasalliklarni o’rganishda har xil fanlarning maqsadi va tekshirish aspektlari



Fanlar



Tekshirilishi lozim bo’lgan belgilar



Yaqin orada amalga oshiriladigan maqsadlari

Kelajakdagi maqsadi



Yuqumli kasalliklar klinikasi

Kasal kishida kuzatiladigan kasallikning ichki va tashqi belgilari

Klinik diagnoz qo’yish



Davolash



Epidemiologiya



Yuqumli kasalliklar kelib chiqish va tarqalish sabablari, infeksiya o’chog’idagi shart-sharoitlar, epidemik jarayonning rivojlanish belgilari

Epidemiologik diagnoz qo’yish



Kasallikning tarqalib ketishiga qarshi chora-tadbirlar ko’rish

Epidemiologik diagnoz qo’yishda epidemik jarayonning ko’pgina belgilari (kasallikning tarqalish tezligi, uning har xil hududlarda, aholining har xil guruhlari o’rtasida va yilning har xil fasllarida bir me’yorda tarqalmaganligi), xuddi klinik diagnoz qo’yishda kasallikning klinik belgilari singari, katta ahamiyatga ega.


Klinik tekshiruvda kasallikning klinik alomatlarini asosan kasaldan so’rash yo’li bilan, kasal kishini tekshirib ko’rish va laboratoriya tekshirish natijalariga asoslanib aniqlanadi. Epidemiologik tekshiruv usullari ham epidemik jarayonning ob’ektiv va sub’ektiv belgilarini aniqlashga asoslangan.
Epidemik jarayonning asosiy belgilari, kasallik o’chog’idagi kasallangan va sog’lom kishilarni savol-javob qilish yo’li bilan, kasallikka chalingan kishilar sonini statistik tahlil qilish natijasida, epidemik jarayon rivojlanayotgan joyning ijtimoiy va tabiiy sharoitlarini o’rganish va laboratoriya tekshiruv natijalarini kuzatish asosida aniqlanadi. Yuqorida ko’rsatilgan tekshiruv natijalarini epidemiolog guruhlarga bo’lib o’rganish, ularni o’zaro taqqoslash va umumlashtirish natijasida epidemik jarayonning rivojlanishi haqida ma’lum xulosaga keladi.
Epidemiologik tekshiruvning keyingi bosqichi - epidemiologik hodisalarning kelib chiqish sababi va oqibatlari orasidagi bog’liqlikni aniqlashdir. Epidemiologik hodisalarning sababi va oqibatlari o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlash ijodiy ish bo’lib, buning natijasi epidemiolog vrachning tajribasiga, bilimiga, zehni o’tkirligiga, mulohaza yuritish qobiliyatiga bog’liq bo’ladi.
Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidaga sababiy bog’lanishlarni, Shu sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun bir nechta usullar mavjud.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling