O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINI TASHKIL QILISH


Download 1.27 Mb.
bet28/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH ISHLARINI TASHKIL QILISH

1. Maqsad: Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish ishlariga rahbarlik qilish va uni boshqarishning umumiy yo’l-yo’riqlari bilan tanishtirish. Sanitariya va epidemiologiya xizmatining umumiy tuzilishi, vazifalari va faoliyatini o’rganish. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, epidemiologiya bo’limi va epidemiolog vrachlarning vazifalari bilan tanishtirish


2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt — 3 soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Mashg’ulot tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazida olib boriladi.
3.2. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash.
3.3. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish:
a) Epidemiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil qilish.
b) Boshqaruvchi shaxslar, ularning vazifalari.
v) Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limining tuzilishi, javobgar shaxslarning vazifalari.
g) Sanitariya va epidemiologiya xizmatini boshqarishning tuzilishi va uning tarkibiy qismlari.
d) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida gorizontal va vertikal bog’lanishlar.
e) Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tibbiy va notibbiy vositalari.
j) Mutaxassislarning vazifalari, epidemiologo-diagnostik, tashkiliy-uslubiy, bajaruvchilik va nazorat qilish faoliyatlari.
z) Epidemiyaga karshi kurashish ishlarini amalga oshiruvchilarning huquq va majburiyatlarini ifodalovchi Respublika Sog’liqni saqlash vazirligining qaror va ko’rsatmalari.
i) Mavzuga taalluqli hujjatlarni o’rganish.
3.4. Xulosa.
4. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish xizmatining tashkiliy tuzilishi va bunda sanitariya epidemiologiya idoralarining tutgan o’rni.
4.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimidagi javobgar shaxslar va mutaxassislarning vazifalari.
4.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limida ish yuritishni bilish.
4.4. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining tashkiliy tuzilishidagi idoralar, bo’limlarning bajaradigan ishlari va bu idoralar xodimlarining ishlarini o’zaro bog’liqligini asoslab berish.
4.5. Mavjud ish rejalarini tahlil qilish va bu rejalarning qaysi turga mansubligini aniqlashni bilish.
5. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
5.1. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiolog vrachining amaliy ish uslubi mazmunini o’zlashtirish.
5.2. Yuqumli kasalliklarning hisob-kitobini bilish.
5.3. Epidemiologik diagnostika uslublarini o’zlashtirish.
5.4. Yuqumli kasalliklarning kundalik va o’tgan davrga asoslanib qilinadigan tahlil usullarini o’zlashtirish va ularni amaliyotda qo’llash.
5.5. Mahalliy hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan asosiy aloqalarning maqsadini va shaklini bilish.
6.1. Shu mavzuga taalluqli axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruza va adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan tanishish.
6.2. Sanitariya epidemiologiya xizmatining tuzilishini belgilovchi rasmiy hujjatlar bilan tanishish.
6.3. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazining tashkiliy tuzilishini o’rganish.
6.4. Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limi mutaxassislarining ro’yxatini tuzish, ularning vazifalarini quyidagi tartibda tahlil qilish: epidemiologik diagnoz qo’yish, metodik nazorat qilish, tashkilotchilik va boshqaruvchilik vazifalarini tartib bilan daftarga yozish.
6.5. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limiga keladigan axborot tizimi bilan tanishish.
6.6. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limining xizmatchilari tabaqalarini tasvirlash (rahbar, mutaxassis, texnik xodimlar).
6.7. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limidagi hisob - kitob hujjatlari ro’yxatini tuzish.
6.8. Ushbu mavzuga taalluqli quyidagi masalalarni yechish.


1-Masala:

Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi bo’limini tekshirish vaqtida markaziy hisoblash boshqarmasi tomonidan tavsiya qilingan hujjatlar qatorida yana 40 ga yaqin mazkur boshqarma tomonidan tavsiya qilinmagan hujjatlar borligi va ba’zi tavsiya qilingan hujjatlar ham eskirib qolganligi va pala-partish to’lg’izilganligi aniqlandi.


1. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limida hozirgi paytda ta’sis qilingan va bo’lishi lozim bo’lgan hisob-kitob hujjatlarini sanab bering.
2. Ularni qaysi hujjatlarga asoslanib to’lg’azish kerakligi haqida tavsiya bering.
Hujjatlarning ta’sis qilinmagan turlarini qo’llash maqsadga muvofiq yoki yo’qligiga izoh bering.


2-Masala:
Viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limi xodimi tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi epidemiologiya bo’limining ish rejalarini tekshira turib quyidagi kamchiliklarni ko’rsatdi: faqatgina yillik reja va kvartallar bo’yicha rejalar bor edi; yillik rejaning "xodimlar bilan ishlash" degan qismida xodimlarning malakasini oshirish uchun malaka oshirish institutlariga yuborish boshqa sohalar hisobidan qilinayotganligini; "yil mobaynida" "zarur bo’lgan hollarda" degan va boshqa jumlalar bilan almashtirilgan. Yillik rejaning "moddiy va boshqa ta’minotlar" degan qismida yuqumli kasalliklar uchun tegishli shifoxonalar ochish ko’rsatilgan, lekin rejada qanday ta’minot hisobiga ekanligi ko’rsatilmagan.
1. Tekshiruvchining qaysi ko’rsatmalarini to’g’ri va qaysi birini noto’g’ri deb hisoblaysiz?
2. Kamchiliklarni bartaraf qilish uchun nimalar qilish kerak?
3-Masala:
Sizga yuqumli ichak kasalliklari bo’yicha terapevt, pediatr vrachlar hamda maktabgacha tarbiya muassasalari xodimlari uchun seminar tashkil qilish topshirilgan.
1. Qaysi mutaxassislarni birgalikda seminarga chaqirgan bo’lar edingiz? Nima uchun?
2.Ushbu seminar uchun qanday mavzuda ma’ruza o’qish mumkin? Shu mavzudagi ma’ruzani o’qish uchun qanday mutaxassislarni taklif qilish mumkin?
3. Seminarni qaysi paytda va qanday joyda o’tkazish maqsadga muvofiq?


4-Masala:
Ikki tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi o’rtasidagi musobaqasi natijalariga ko’ra A-tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi g’olib deb topildi.
Bu tuman hududida hisobga olingan yuqumli bemorlar soni eng kam, operativ (epidemiologik tekshirishlar) va tashkiliy ishlar turlari (ya’ni tibbiyot xodimlari majlislarining soni) eng ko’p ekanligi aniqlandi.
1. Tumanda epidemik holat to’g’ri baholanganmi?
2. Ma’lum hududda epidemik holatni qanday baholash kerak?
3. Musobaqa natijalarini baholashda olingan ko’rsatkichlar to’g’rimi?
4. Epidemiolog vrach bajargan ishlarini baholash uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi?


5-Masala:
Tuman davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga uchastka pediatr vrachi tomonidan 3 yoshli, yasliga qatnovchi kasal bolaga to’ldirilgan zudlik bilan keluvchi xabarnoma keltirildi. Kasal bolaga yuqumli sariq kasalligiga shubha deb diagnoz qo’yilgan edi. Epidemiologik tekshirishni olib borgan epidemiolog yordamchisi kasallik manbaini, yuqish omillarini aniqlay olmadi. Bolalar bog’chasiga yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun qo’llaniladigan qoidalar ham buzilmagan deb topildi. 17 kunlik muhlatdan so’ng o’sha bolalar guruhida yana 3 ta bolada virusli gepatit A kasalligi bilan og’rish hollari kuzatildi. Ushbu epidemik o’choqda bo’lgan holatni muhokama qilish paytida kasallangan bolalarning uylarida va ular qatnashadigan bog’chada epidemiologik tekshiruv epidemiolog vrachining yordamchisi tomonidan o’tkazilganligi, u kasallangan bolalarning ota-onalari va bog’cha mudirasi bilan bo’lib o’tgan suhbat natijasigagina asoslanib, yuqoridagi ko’rsatilgan xulosaga kelganligi ma’lum bo’ldi.
1. Zudlik bilan yuboriluvchi xabarnomani to’lg’azishda pediatr vrach tomonidan qanday xatolikka yo’l qo’yilganligini aniqlang.
2. Tuman Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Markazi xodimlari ushbu hodisani tekshirishda qanday xatolikka yo’l qo’yganligini aniqlang.
3. Bolalar muassasasida qayta kasallanishga nimalar sabab bo’lganligini ko’rsating?



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling