O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tabaqalari
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimida sanitariya-epidemiologiya xizmati
O’zbekiston sog’liqni saqlash tizimida 225 ta DSENM bo’lib, bulardan Respublika DSENMlari - 2, viloyatlar - 12, Toshkent shahar -1, tumanlarga bo’lingan shahar DSENMlari – 18 ta, qishloq tumanlarida 149 ta, tumanlarga bo’linmagan shahar DSENMlari -39 tadir. Xizmat ko’rsatiladigan aholining soniga qarab, DSENMlar shtatlari belgilanadi. Turli Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlarini tabaqalashtirish ko’zda tutilgan: I, II va III tabaqalar tuman, shahar va viloyat DSENMlari uchun; I, II, III va IV tabaqalar Respublika DSENM lari uchun. Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi tabaqalari I tabaqa - 600 mingdan to 800 minggacha bo’lgan aholiga xizmat ko’rsatiladigan. II tabaqa - 400 mingdan to 600 minggacha bo’lgan aholiga xizmat ko’rsatadigan. III tabaqa - 400 minggacha bo’lgan aholiga xizmat ko’rsatadi. Barcha sathlardagi DSENMlar bir xil tuzilishga ega. Ular tarkibiga sanitariya-gigiyena, epidemiologiya bo’limlari kiradi. Sanitariya-gigiyena bo’limiga kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, bolalar va o’smirlar gigiyenasi bo’limlari. Epidemiologiya bo’limi epidemiyaga qarshi kurashish bo’linmasi parazitologiya bo’linmasi, immunologiya bo’limi va bakteriologik laboratoriyadan tashkil topgan bo’lib, bu bo’limlarda epidemiolog, parazitolog, entomolog, immunolog vrachlar va ularning yordamchilari xizmat qiladilar. Har bir sohadagi mutaxassislar o’z navbatida yana yuqumli ichak kasalliklari epidemiologiyasi, havo-tomchi yo’li bilan o’tadigan kasalliklar epidemiologiyasi, o’ta xavfli yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi, emlash profilaktikasi bilan shug’ullanuvchi epidemiologlarga bo’linadi. Mikrobiologlar ham bakteriologlar, virusologlar, serologlar kabi mutaxassisliklarga bo’linadilar. Parazitologiya bo’linmasida gelmintolog, parazitolog, entomolog va hu singari boshqa mutaxassisliklarga mansub bo’lgan kishilar xizmat qiladilar. Epidemiologiya xizmatini Respublika Davlat Bosh sanitariya vrachi boshqaradi, ayni paytda u sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari ham hisoblanadi. Muxtor Respublikalarda Davlat Bosh sanitariya vrachi muxtor respublika sog’liqni saqlash vazirining o’rinbosari, o’lka, viloyat, shahar va tumanlarda mos ravishda o’lka, viloyat, shahar va tuman Davlat Bosh sanitariya vrachlari tomonidan boshqariladi. DSENMlar ikki xil boshqaruvchiga bo’ysunadi: ma’muriy masalalar bo’yicha tegishli yuqori sog’liqni saqlash, ya’ni tuman sog’liqni saqlash bo’limiga, Davlat sanitariya nazorati faoliyati bo’yicha yuqori sanitariya epidemiologiya xizmati organlariga yoki idoralariga bo’ysunadi. DSENMning barcha faoliyatlari sog’liqni saqlash tizimidagi tashkilot va idoralar bilan yaqin aloqada olib boriladi.
Tumanlarga bo’lingan davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari II sathdan dastavval tashkiliy - metodik ishlarni tanlangan holda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiradi. Shahardagi tuman DSENMlari hamisha shahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga bo’ysunadilar. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling