O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan tashqari ma’lumotnoma berish tartibi


Download 1.27 Mb.
bet102/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Karantin infeksiyaga gumon qilinayotgan hollar haqida navbatdan tashqari ma’lumotnoma berish tartibi

Karantin infeksiyalarga gumon qilinganda hamma malumotlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 1999 y. 18.02. 96-sonli buyrug’iga asosan ma’lumotlar yuqori turgan muassasalarga yetkaziladi. Quyidagi ma’lumotlar xabar qilinadi: bemorlar ismi sharifi, yoshi, yashash joyi, O’zbekistonga kelgan vaqti, kasallangan kuni, kasallik aniqlangan kun, asosiy belgilari, taxminiy diagnoz, muloqotda bo’lganlar soni, epidemiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlar o’tkazilganligi, tibbiyot muassasalarining mutaxassislari bilan, dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi. Vabo vibrioni suv o’tkazish tarmog’idan ajratib olingan hollarda, suv tarmog’i manzili, uning vazifasi, ajratib olingan kultura soni va ajratib olingan kuni, uning asosiy xususiyatlari, ko’rilgan chora-tadbirlar haqida beriladi. Navbatdan tashqari axborot quyidagi tashkilotlarga yuboriladi:


1. 116024 "Plazma" teletaypi orqali O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga;
3. Sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamentiga;

Masala №1.


Keyingi yillarda sizning yurtingizda vabo uchramas edi. Siz bu kasallik to’g’risida hech eshitmagan edingiz. Oxirgi hafta ichida shifoxonaga 30 nafar bemorlar kuchli suvsimon suyuq ich ketish bilan yotqizilgan va ularning 5 nafari vafot etdi. 16 nafar bemorni siz markaziy shifoxonaga jo’natasiz. Najasni bakteriologik tekshirishda Ogava serotipining El-Tor vibrioni ajratib olindi. Bajariladigan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishingiz kerak:


1. Siz kim bilan uchrashishingiz kerak va favqulodda majlisda kimlar bo’lishi kerak?
2. Epidemiya haqida kimga xabar qilish lozim?
3. O’choqqa boradigan brigada a’zolari qanday bo’lishi lozim?
4. Epidemiya o’chog’ida klinitsistlar harakati nimalardan iborat bo’lishi kerak? Ularning harakati qo’shni tumanlarda qanday bo’lishi kerak?
5. O’choqqa qancha miqdorda, qanday dori-darmonlar, dezinfektantlar va boshqa moslamalar yuborilishi kerak?
6. Siz ommaviy axborot xodimlariga nimalar deyishingiz lozim?
7. Vaboning oldini olish maqsadida antibiotiklar va vaksinalar tarqatish yuzasidan siz nimalar qilishingiz kerak?
8. Epidemiyani nazorat qilishda va tugatishda sizga yordam talab qilinadigan bo’lsa, siz kimga va qayerga murojaat qilishingiz kerak?
9. O’choqqa keluvchi va ketuvchilar bilan siz qanday ishlar olib borishingiz kerak?


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling