O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni alohidalash


Download 1.27 Mb.
bet98/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Vabo bilan kasallanganlar, vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilish va ular bilan muloqotda bo’lgan shaxslarni alohidalash

1. Vabo bilan kasallanganlarni va vibrion tashuvchilarni shifoxonaga gospitalizatsiya qilishni tez tibbiy yordam stansiyalarining bo’limlari o’z avtotransporti bilan amalga oshiradi. Bunda vrach yoki o’rta tibbiyot xodimi va sanitardan tashkil topgan evakuatorlar brigadasi tuziladi. Suvsizlanishi III va IV darajadagi bemorlarni reanimatsion brigadalar maxsus jihozlangan transportda gospitalizatsiya qiladilar.


2. Vabo bilan kasallanganlarni gospitalizatsiya qilishga mo’ljallangan transport regidratatsion sistemalar bilan, bemor ajratmalari (chiqitlari) yig’iladigan idish bilan, dezinfeksiyalash (zararsizlantirish) vositalari bilan, dezinfeksiyalovchi vositalarga mo’ljallangan idish bilan, gidropult, bemor ostiga yoziluvchi klyonka, lattalar bilan jihozlangan bo’lmog’i lozim.
Bemorlarni transportirovka qilish vaqtida qo’llanilgan transport joriy dezinfeksiya qilinadi.
3. Vabo bilan og’rigan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar tez tibbiy yordam ko’rsatish stansiyasi yoki yuqumli kasallik bilan kasallangan bemorlarni tashish xizmati tomonidan ajratilgan, maxsus transportda o’rta tibbiyot xodimi kuzatuvi ostida izolyatorga yuboriladi.
4. Evakuatsiya brigada xodimlari xirurgik xalat, pijama, boshiga shapkacha yoki kosinka (uch burchak ro’mol) kiyib olgan bo’lishi kerak. Evakotransportda xizmat qiluvchi xodim smena tugagandan so’ng sanitariya ishlov berishdan (tozalash) o’tishi kerak.
5. Bemorlarni yoki vibrion tashuvchilarni gospitalizatsiya qilingach muloqotda bo’lganlar alohida joylangandan so’ng davolash muassasalari yoki evakobrigada kuchi bilan shifoxona hududidagi maxsus ajratilgan maydonchada transport yakuniy dezinfeksiya qilinadi. Transportga ishlov berish uchun jihozlar (gidropult yoki avtomaks, qop, zambil, parvarish qilish buyumlarini alohida tozalash uchun latta va idish) ajratiladi.


Bemorni shifoxonadan chiqarish tartibi

Vabo bilan kasallangan bemorlar (vibrion tashuvchilar) regidratatsion va etiotrop davolash kursi yakunlanganidan so’ng sog’ayib, bakteriologik tekshiruvlarda manfiy natijalar olingandan keyingina shifoxonadan chiqariladi.


1. Shifoxonadan chiqarishdan oldingi bakteriologik tekshirish, antibiotiklar bilan davolash tugallangandan so’ng 24-36 soat o’tgach amalga oshiriladi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling