O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Epidemik jarayon ko’rinishlari


Download 1.27 Mb.
bet106/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemik jarayon ko’rinishlari. A gepatit barcha joyda tarqalgan infeksiya, lekin uning tarqalish darajasi turli hududlarda notekisdir. Tarqalish darajasi bo’yicha hududlar quyidagicha farqlanadi:
1) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi past - kasallikning intensiv ko’rsatkichi har 100 000 aholiga 100 dan kam;
2) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi o’rtacha intensiv ko’rsatkich har 100 000 aholiga 100 dan 300 gacha;
3) epidemik jarayon rivojlanish jadalligi yuqori - intensiv ko’rsatkich 100 000 aholiga 300 dan yuqori. O’zbekiston gepatit A epidemik jarayon rivojlanishi giperintensiv kechayotgan hudud hisoblanadi.
Kasallikning ko’p yillik dinamikasiga davriylik xarakterli. Epidemik jarayon rivojlanishi yuqori jadallikda kechayotgan O’zbekiston uchun kichik davriylik xos. Bu epidemiologik qonuniyat A gepatit virusi intensiv sirkulyatsiya qilib turgan sharoitda tug’ilishning yuqoriligi va kasallikka moyil jamoaning nisbatan tezkor shakllanishi bilan izohlanadi.
Kasallikning yillik dinamikasida yaqqol kuzgi-qishki mavsumiylik. kuzatiladi. Eng kam kasallanish yozning boshlarida qayd etiladi. Lekin Shuni ta’kidlash joizki, kishilarning kasallikni ommaviy yuqtirishlari aynan yoz mavsumiga to’g’ri keladi, yashirin davr uzoq davom etishi tufayli 2 oylardan keyin, ya’ni kuzga kelib A gepatit o’sishi kuzatiladi. Mavsumiylik tabiati yuqish mexanizmi faollashuviga bog’liq. Kasallikning mavsumiy o’sishi shakllanishida ayniqsa, suv omilining ahamiyati katta.
Aholining turli yosh guruhlarida kasallanish taqsimlanishi notekisdir. Epidemik jarayon rivojlanishi jadal kechayotgan hududlarda maktabgacha yoshdagilar (yasli va bog’cha yoshidagilar) eng ko’p kasallanishadi, o’rtacha jadallikdagi hududlarda o’quvchi va o’spirinlar, past jadallikdagi hududlarda kattalar nisbatan ko’proq kasallanishadi. Kasallanganlar yosh tarkibining bunday o’ziga xosligi, epidemik jarayon jadalligi turlicha bo’lgan hududlarda A gepatit virusi bilan bolalikda duch kelish ehtimolligining turli ekanligini aks ettiradi.
Shahar va qishloq aholisi o’rtasida kasallanish ko’rsatkichlari, so’nggi yillarda, bir-biriga tenglashib bormoqda. Bu hol, shahardagi va qishloqdagi kommunal qulayliklar farqining tobora kamayib borayotganligi bilan izohlanadi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling