O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi


Download 1.27 Mb.
bet96/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi
1817 yildan to shu vaqtgacha vaboning ettita pandemiyasi bo’lib o’tgan. Ettinchi pandemiya davomida El-Tor vabosi avj olishi va epidemiyalari Osiyo, Afrika, Amerika, Evropa, Avstraliya va Okeaniya mamlakatlarida qayd etildi. Bunday holat Yaponiyada, Tinch okeanidagi Maldiv, Kamor, Guam va Gilbert orollarida ham kuzatilgan. Keng miqyosdagi epidemik avj olish holatlari Italiya, Ispaniya, Portugaliyada bo’lib turdi. AQSHda ayrim hollar qayd qilingan edi. Braziliyada vabo vibrioni oqar suvlardan topildi. Yuqorida aytib o’tilganidek JSST prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili hozircha aniq ko’rsatilmagan. Sakkizinchi pandemiya Bengal-O -139 shtammi bilan boshlangan 1996—97 yillarda bemorlar soni 1 mln.dan oshib ketdi. Asosiy epidemiya Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi.
U yoki bu mamlakatga infeksiya qo’zg’atuvchisi o’tishi natijasida vaboning epidemik avj olishi va bunda epidemiyalarning oldini olishga faqat tibbiy chora-tadbirlar yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga erishish uchun yirik ijtimoiy va kommunal o’zgartirishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Hatto qoniqarli sanitariya - gigiyena holati va yaxshi sanitariya sharoiti mavjud bo’lgan davlatlar ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan kafolatlanmagan.


Infeksiya manbaiga nisbatan olib boriladigan chora-tadbirlar vabo bilan kasallanganlarni aniqlash

1. Barcha uyushgan jamoalarda, har bir korxona va muassasalarda tibbiy yordam ko’rsatishning barcha bosqichlarida ichak faoliyati buzilgan va qayt qilayotganlar faol aniqlanadi.


O’tkir ichak infeksiyalari bilan kasallanish darajasi yuqori bo’lgan va sanitariya-gigiyena ta’minoti qoniqarsiz bo’lgan hududlarda esa hovlima -hovli aylanib chiqish yordamida aniqlanadi.
2. Epidemiologik noxush vaziyatlarda hovlima-hovli aylanib chiqish, uchastka tibbiyot tarmog’i kuchlari sanitariya faollari, tibbiyot institutlari va bilim yurtlari talabalarini jalb qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Buning uchun vrachlik uchastkalari (aholi soni 500 dan qishloq joylari va xususiy uylar qurilgan hududlar uchun) 1000 tagacha bo’lgan (ko’p qavatli uylar qurilgan hududlar uchun) mikrouchastkalarga bo’linib har bir uchastkaga bitta tibbiyot hamshirasi va to’rt-besh sanitariya faollari yoki tibbiyot institutlari talabalaridan iborat bo’lgan brigada biriktirilib qo’yiladi, ular bemorlarni aniqlash bilan birgalikda turar joylar va hojatxonalarning sanitariya holati ustidan nazorat olib borishadi, Shu vaqtning o’zida sanitariya-oqartuv ishlari olib boriladi.
3. Qabulxonalarga, maxsus tartibli muassasalarga, psixonevrologik shifoxonalar va dispanserlarga, davolash mehnat profilaktoriyalarga qabul qilinganlar orasida ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemorlarni faol aniqlash.
4. Uyushgan jamoalarda, korxona va muassasalarda tibbiyot nazorati va kundalik so’rab-surishtirish ishlari tibbiyot xodimlari va sanitariya faollari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Aniqlangan har bir ichak faoliyati buzilgan va qusayotgan bemor haqida gospitalizatsiya qilish uchun belgilangan tartib bo’yicha tibbiy tez yordam ko’rsatish stansiyalariga yoki dezstansiyaga xabar qilinadi, sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlariga shoshilinch xabarnoma yuboriladi.
6. Bemorlarni faol aniqlash to’g’risidagi ma’lumotlar har kuni Shu hududdagi poliklinikaga yuborilib turiladi, u yerda esa xizmat ko’rsatish uchastkalari bo’yicha sutkalik ma’lumotlar DSENMga yuboriladi, DSENM esa uchastkalarda bir sutka davomida olib borilgan chora-tadbirlar to’g’risida tibbiy shtabga ma’lumot yuboradi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling