O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan olib boriluvchi chora-tadbirlar


Download 1.27 Mb.
bet101/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan olib boriluvchi chora-tadbirlar

1. Muloqotda bo’lganlarni ajratishga (izolyatsiya) ko’rsatma epidemiolog tomonidan bemor (vibrion tashuvchi) bilan muloqotda bo’lish darajasi; umumiy foydalanadigan joylar sanitariya obodonlashtirilganlik darajasi; kasbiy faoliyatining o’ziga xosligi va bu bilan bog’liq bo’lgan epidemiologik xavflar hisobga olingan holda aniqlanadi.


2. Vabo bilan kasallanganlar va vibrion tashuvchilar bilan muloqotda bo’lganlarga ularninig manzili, ish joyi yoki o’qish joyi, muloqotning vaqti, darajasi va xususiyati ko’rsatilgan holatda ro’yxati tuziladi.
3. Vabo bilan kasallanganlar (vibrion tashuvchilar) bilan oila sharoitida muloqotda bo’lgan shaxslar; bemorlarning oila a’zolari; umumiy xojatxona, oshxonadan foydalanuvchi kommunal kvartiradagi barcha yashovchilar; boshqa doimiy bevosita muloqotda bo’luvchilar va yana bemor bilan bir xil zararlanish xavfida bo’lganlar ajratib qo’yilishi kerak bo’ladi.
4. Bemor yoki vibrion tashuvchi bilan muloqotda bo’lgan oziq-ovqat sanoati xodimlari va unga tenglashtirilgan kontingentlar albatta ajratib qo’yilishi shart.
5. Uydagi xo’jalik ishlarini qilish maqsadida ajratib qo’yilishi kerak bo’lgan, oilaning mehnatga layoqatli a’zolaridan biri uyda qoldirilishiga ruxsat beriladi.
6. Bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining virulent (toksigen) shtammlari ajratib olinganda ular bilan muloqotda bo’lgan, lekin izolyatorga joylashtirilmagan shaxslar ustidan yashash (turar) joyi, ishlab chiqarish, o’qish sharoitida va boshqa yerlarda 5 kun davomida uch martalik (dastlabki sutka davomida) vaboga qarshi bakteriologik tekshiruv yo’li bilan; bemordan (vibrion tashuvchidan) vabo vibrionining avirulent shtammlari ajratib olinganda esa 5 kun davomida bir martalik bakteriologik tekshirish va antibiotiklar bilan profilaktik davolash yo’li bilan tibbiyot nazorati o’rnatiladi.


Shoshilinch profilaktika

1. Shoshilinch profilaktikaga oilada, kvartirada, ish joyida, o’qishda, dam olish vaqtida vabo bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar yoki kasallikni yuqtirish xavfi bo’yicha bir xil sharoitda bo’lgan shaxslar jalb qilinadilar.


2. Shoshilinch profilaktika maqsadida tetratsiklin yoki doksatsiklin buyuriladi.

Preparatlar

Bir martalik dozasi (f.)

Sutka davomida qabul qilishlar soni

Sutkalik o’rtacha doza (f-)

Qabul qilish davomiyligi (kunlarda)

Tetratsiklin



0,5-0,3



2-3



1,0



4



Doksatsiklin



0,1*



1-2



0,1



4



*birinchi sutkada - 0,2
Bolalarga quyidagicha belgilanadi:
15-17 yosh - kattalar dozasining 1/2 qismi
8-14 yosh kattalar dozasining 1/2 qismi
7 yosh kattalar dozasining 1/3 qismi
5-6 yosh - kattalar dozasining 1/4 qismi
4 yosh - kattalar dozasining 1/6 qismi
2-3 yosh - kattalar dozasining 1/8 qismi
1 yosh - kattalar dozasining 1/12 qismi
3. Vabo o’chog’ida yuqorida ko’rsatilgan preparatlarga chidamli bo’lgan shtammlar topilganda, har bir konkret holat uchun antibiotikogramma hisobga olingan holda tibbiy shtab tomonidan preparatlarni bekor qilish masalasi ko’rib chiqiladi va sifloks, tarivid, peflatsin preparatlari beriladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling