O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet124/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik nazorat

Epidemiologik nazoratning yagona maqsadi kasallikning oldini olish va kasallikni regional miqyosida yo’qotishdan iboratdir. Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:


- emlanganlik ko’rsatkichlari bo’yicha vaksinatsiya sifatini baholash;
- aholi immunologik strukturasini baholash;
- difteriya o’choqlarini aniqlash sifatini baholash;
- xizmat ko’rsatish hududida va undan tashqarida kasallanish va bakteriologik tekshiruvlar natijalari asosida epidemik jarayonni baholash.
Infeksiyani regional yo’qotish ishi 2 bosqichda olib boriladi:
a) xavfli guruhga mansub kishilarda immunitetlik darajasini ta’minlash yo’li bilan kasallanishning oldini olish;
b) bakteriologik tekshiruvlarda aniqlangan toksigen korinobakteriyalarning tarqalib ketishini to’xtatish.
Retrospektiv epidemiologik tahlil

Retrospektiv epidemiologik tahlil quyidagi ma’lumotlarga asoslanadi:


- emlanadiganlar haqida ma’lumot;
- emlanganlar haqida ma’lumot;
- serologik tekshiruvlar natijalari;
- bakteriologik tekshiruvlar natijalari;
- difteriya bilan kasallanish haqidagi ma’lumot;
- aholi migratsiyasi va jamoalar shakllanishi haqidagi ma’lumotlar.
Retrospektiv epidemiologik tahlil jarayonida difteriyaning ilgari o’tkazilgan profilaktikasining sifati va samaradorligi aniqlanadi.
Agar tahlil qilinayotgan davrda bolalarning va aholining emlanganlik ko’rsatkichlari etarli bo’lsa, difteriya bilan kasallanish hollari uchramasa, bu ahvolni yaxshi, qoniqarli ahvol deb hisoblansa bo’ladi. Odatda toksigen difteriya bakteriyalarining tashuvchilari sonining ancha oshishi, epidemik o’choqlarning shakllanishi bilan yuzaga chiquvchi kasalliklar ro’yxatga olinsa, ahvol qoniqarsiz hisoblanadi. Bu holda emlash ishlarini tashkil etishdagi hamda jamoalar shakllanishi va migratsiyasidagi kamchiliklar bilan bog’liq bo’lgan xavfli omillar aniqlanadi.
Operativ epidemiologik tahlil
Butun yil davomida o’tkaziladigan operativ epidemiologik tahlil emlash chora-tadbirlari sifatini dinamik baholash, rejali laboratoriya tekshiruvlari, bemorlarni tezda aniqlash va o’z vaqtida davolashni ko’zda tutadi hamda epidemik o’choqlarda kasallanishning paydo bo’lish sabablari va sharoitini aniqlashga yordam beradi. Epidemiolog davolash-profilaktika muassasalarida emlash sifatini baholash va tekshirish ishlarini nazorat qiladi:
- emlashning oylik rejalari bajarilishi va o’z vaqtida emlash o’tkazish;
- emlash o’tkazishga nisbiy va mutloq tibbiy qarshi ko’rsatmalarning asoslanganligi;
- emlash kartotekalarining olib borish va hisob kartalarida emlashni ro’yxatga olib borish va bolalarning rivojlanish tarixida emlashning sanasi, nomi, uning doza va seriya raqamlarining to’g’riligi;
- bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi haqida va emlashdan oldin termometriya o’tkazilganligi haqidagi yozish ishlari;
- tekshirilayotgan davolash profilaktika muassasalaridan ushbu poliklinika hududida yashovchi, bolalar muassasalariga qatnamaydigan, boshqa poliklinikalar nazorati ostida bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlarni olish;
- emlash asoratlar bergan paytida bolaga shoshilinch yordam ko’rsatish uchun ishlatiladigan dori-darmonlarning borligi;
- emlash ishlari bo’yicha qo’llanmalarning bo’lishi;
- maxsus profilaktika masalalari bo’yicha mashg’ulotlar tashkil qilish.
Hududda difteriyani yo’qotish kerak bo’lib qolgan hollarda barcha ahamiyatga ega bo’lgan kasallik o’choqlarini o’z vaqtida aniqlash va o’choqda qo’zg’atuvchini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’tkazish.
O’choqni yo’qotish uchun o’sha epidemik o’choq hisoblangan uyushgan jamoaning o’zidagina emas, balki butun aholi punkti, uning bir qismi yoki mumkin bo’lgan o’choq chegaralari hududiga bog’liq ravishda, qo’zg’atuvchining tarqalish omili aniqlanadi. Vaksinatsiya va revaksinatsiya muddatlari yetgan bolalar hamda emlanmagan bolalar va o’smirlarga vaksinatsiya qilinadi. Hamma yuqish xavfi bo’lgan 16 yoshdagi va undan kattalar oxirgi 10 yil ichida emlanmagan va emlash ishlarini o’tkazishga qarshi ko’rsatmalari bor shaxslar ADM yoki ADS-M anatoksini bilan emlanadi. Ana shunday immunizatsiyani yuqish xavfi yuqori bo’lgan katta yoshdagilarga ham qilish mumkii, bunda emlash ishlari birinchi navbatda quyidagalarga o’tkaziladi:

  • yotoqxonada yashovchi shaxslarga;

  • aholiga xizmat ko’rsatish sohalariga;

  • o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlari talabalariga va xodimlariga;

  • maktab xodimlariga, bolalar va tibbiyot jamoasi xodimlariga.




Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling