O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Profilaktikasi va ehtiyot choralari


Download 1.27 Mb.
bet127/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Profilaktikasi va ehtiyot choralari

Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar asosan yuqish mexanizmini to’xtatishga (uzib qo’yishga) qaratilgan. Generallashgan shakllarida, shuningdek bakteriologik tasdiqlangan meningokokk nazofaringitlarda tuman (shahar) DSENM lariga shoshilinch xabarnoma yuborilishi shart. Meningokokkli nazofaringitni bemorlardagi kataral belgilarning yo’qolishiga va burun-halqum ajratmasini bakteriologik tekshirishga bir marta manfiy natija olgunga qadar uyiga izolyatsiya qilinadilar, yoki shifoxonaga joylashtiriladilar.


Kasallanish bolalar muassasalarida sodir bo’lganda kasallikning yengil va payqalmas shakllaridagi bemorlarni faol aniqlashni tashkil etish zarur. Tashuvchilarni aniqlash uchun muloqotda bo’lganlarning burun-halqum shilig’ini bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish ayni muddaodir. O’sha joyda 10 kun muhlatga karantin belgilanadi.
O’choqlarda yakuniy dezinfeksiya o’tkazilmaydi, lekin joriy dezinfeksiya qatorida xonalarni 0,1 % li xlor eritmasi bilan har kuni artib tozalanadi va shamollatiladi.
1966 yilda Goshtlik (AQSH) da kimyoviy polisaxaridli guruh spesifik meningokokk vaksina ishlab chiqilgan, kichkina bolalar jamoalarida esa 7 kun ichida 3 ml platsentar gammaglobulin yuboriladi (bemorlar bilan muloqotda bo’lganda).


Meningokokkli infeksiyada epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar
1. Yuqumli kasallik manbaiga nisbatan chora-tadbirlar:
- MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlarni yuqumli kasalliklar shifoxonasining maxsus bo’limiga yotqiziladi. Agar shifoxonada boks va yarimbokslar bo’lmasa kasallikning og’irligiga qarab boshqa bemorlardan ajratib qo’yiladi. Bundan tashqari uyida maktabgacha yoshdagi bolalar va shunday muassasalarda ishlovchilar yo’q bo’lsa, uyining o’zida ajratib qo’yish mumkin. Uyda qolgan bemorlarni har kuni tibbiy xodim kuzatib turishi kerak.
- Agar davolash tugagandan 3 kun keyin burun-halqumdan shilliq olib, bakteriologik tekshiruv o’tkazilsa va u manfiy natija bersa bemor shifoxonadan chiqariladi. Nazofaringitli bemorlarni ham uyda davolanishga ruxsat berish mumkin.
- Shifoxonadan chiqarilgandan 5 kundan keyin bakteriologik tekshiruv o’tkazilib, manfiy natija olinsa, rekonvalestsentlarni bolalar muassasalari, maktab, yotoqxonalarga qo’yish mumkin.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling