O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan
2. Yuqish mexanizmiga qarshi chora-tadbirlar: Qo’zg’atuvchi tashqi muhitga chidamsiz bo’lganligi uchun yakunlovchi dezinfeksiya o’tkazilmaydi. O’choqdagi kundalik dezinfeksiya xlor tutuvchi eritmalar bilan tozalanadi. Binoning havosini ultrabinafsha nurlar bilan nurlantiriladi, idishlar qaynatiladi, umumiy idishlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Bu choralar har qanday muassasa va yotoqxonalarda o’tkaziladi. Shifoxonada esa sanitariya va epidemiologik tartib qattiq saqlanishi, xodimlar niqob taqishlari kerak.
3. Bemor bilan muloqotda bo’lganlarga nisbatan: Bolalar muassasasi, chaqaloqlar uyi, maktab-internat va boshqa muassasalarda MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlar shifoxonaga yotqizilgandan so’ng: - 10 kun muddatga karantin e’lon qilinadi (yangilarni qabul qilish, bolalarni bir guruhdan boshqa guruhga o’tkazish mumkin emas); - tomoq, burun-halqum, teri qoplamlarini klinik kuzatib turish; - otolaringolog ishtirokida tibbiy ko’rikdan o’tkazib turish. Terisida allergik toshmalari bor bolalarning tomoq, burun-halqumlaridagi yallig’lanish holatlariga alohida e’tibor bilan qarash kerak. Terisida sababi aniq bo’lmagan toshmalari bor bo’lsa, menigokokksemiyaga gumon qilinib, shifoxonaga yotqiziladi. Tomoq, burun-xalkumda patologik o’zgarishlari bo’lganlari ko’pchilikdan ajratilib, uyda davolanadi. Bemor bilan muloqotda bo’lganlar sutkada 2 marta termometriya qilinadi. - Bemor bilan muloqotda bo’lgan bolalar va bolalar muassasalarida ishlovchi katta yoshdagilarni 2 marta 3-7 kun oralatib bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish lozim. - Bemor aniqlangan sinf o’quvchilari va o’qituvchilari 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. - Maktab-internatdagi bemor aniqlangan sinf o’quvchilari, o’qituvchi va tarbiyachilar ham 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. - Oliy va o’rta maxsus bilim yurtlarida esa: bemor agar birinchi kursda bo’lsa, hamma kursdagilar, yuqori kursda bo’lsa faqat u bilan muloqotda bo’luvchilar 1 marta bakteriologik tekshiruvdan o’tkaziladi. - Bolalar muassasalarida, maktab-internat, maktabdagi meningokokk tashuvchilar uyida va izolyatorda ajratib qo’yiladi. Katta yoshdagi tashuvchilar ajratilmaydi. - Bolalar jamoalari, maktab, lager-sanatoriylarda aniqlangan menigokokk tashuvchilar muassasalarga qo’yilmaydi, lekin uning jamoasidagilarda bakteriologik tekshiruv o’tkazilmaydi. - Aniqlangan tashuvchilar 4 kun davomida levomitsetin 0,5x 4, ampitsillin 0,25x 4 bilan sanatsiya qilinadi. Katta yoshdagilarga esa 2 kun davomida rifampisin 0,3x 2 beriladi. - Sanatsiya kursi tugagandan keyin 3 kun o’tkazilib bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi, manfiy natija olinsa jamoaga qo’yiladi. - 5 yoshgacha bo’lgan MKIning tarqalgan shakli bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo’lganlarga, ya’ni bolalarga 1,5 ml gammaglobulin, 5-7 yoshgacha 3,0 ml gammaglobulin kechiktirmay yuborish kerak. Gammaglobulinni takror yuborish 6 oydan keyin o’tkaziladi. Shoshilinch profilaktika maqsadida A va S guruhga kiruvchi meningokokkning polisaxarid vaksinasidan foydalaniladi. Vaksinatsiya kasallik aniqlangandan keyin 5 kun davomida 5 yosh va undan kattalarga o’tkaziladi. - Agar bemor o’quv yurtining 1 - kursida o’qisa 1 - kursdagilarning hammasi, yuqori kursda bo’lsa faqat muloqot qiluvchilargina vaksinatsiya qilinadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling