O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Epidemiologik diagnoz
Epidemiologik diagnozning asosan ikki xil usuli mavjud: 1. Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshiruv. 2. Epidemiologik tahlil. 4-jadval. Epidemiologik diagnostika usullari
Kasallik o’chog’ida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish. Yuqumli kasallik o’chog’ida epidemiyaga qarshi olib boriladigan chora-tadbirlarning samarasi, kasallangan odamni aniqlash hamda uni atrofdagilardan ajratib qo’yish muddatiga, kasallikning paydo bo’lish va boshqalarga yuqish sabablarini aniqlashga bog’liq bo’ladi. Yuqumli kasal yoki bakteriya tashuvchi aniqlangan holda kasallik o’chog’i qaerda bo’lishidan qat’iy nazar (oilada, xonada, uyushgan guruhlarda) bemorning o’ziga nisbatan, unga yaqin yurgan kishilarga hamda atrofdagi vaziyatga taalluqli chora-tadbirlar ko’riladi. Shu chora-tadbirlarni rejalashtirish uchun, kasallik o’chog’ida epidemiologik tekshirish o’tkaziladi. Epidemiologik tekshirishning maqsadi: a) gumon qilingan infeksiya manbaini va uning yuqish yo’llarini aniqlash; b) kasallik qo’zg’atuvchisini yuqtirishda qatnashadigan omillarni aniqlash; v) kasallik o’chog’ining chegaralarini belgilash; g) zararsizlantirilishi lozim bo’lgan atrof-muhit obektlarini aniqlash; d) kasallik yuqish xavfi bo’lgan shaxslarni, shuningdek tibbiyot xodimlari kuzatuviga muhtoj, ayrim hollarda esa ajratib qo’yilishi lozim bo’lgan shaxslarni aniqlash; e) kasallik o’chog’ini tugatish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish. Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bemor yoki bakteriya tashuvchi haqida "shoshilinch bildirish xati (№ 058 hisob shakli)" olinishi bilan epidemiologik tekshirishni boshlaydilar. Epidemiologik tekshirishni asosan epidemiolog vrachlar yoki ularning yordamchilari o’tkazadilar, ba’zi hollarda vaziyatga qarab sanitariya vrachlari yoki boshqa soha xodimlari jalb qilinishi mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling