O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Epidemiologik diagnostikada qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar


Download 1.27 Mb.
bet14/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik diagnostikada qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar:
1. Absolyut (mutloq) raqamlar.
2. Nisbiy ko’rsatkichlar:
a) Kasallanish darajasini aniqlash ko’rsatkichi.
b) Mehnat qobiliyatining yo’qotganligini aniqlash ko’rsatkichi.
v) O’lim sonini aniqlash ko’rsatkichi (1000 yoki 10000 kishiga).
g) Zararlanish darajasini aniqlash ko’rsatkichi.
3. Ekstensiv ko’rsatkichlar.
4. Ko’rgazmali ko’rsatkichlar.
5. O’rtacha miqdor:
a) Arifmetik o’rtacha miqdor.
b) Mediana.
6. Variatsion (o’zgaruvchan) va dinamik qatorlar.
a) O’zgaruvchanlik (tafovut qilish) koeffitsenti.
b) Dispersiya va o’rtacha kvadratik farq.
v) O’rtacha miqdorning ishonchlilik chegarasi.
g) Dinamik qatorlarni baravarlashtirish (eng qisqa kvadratlash usuli).
d) O’sish yoki kamayish sur’ati.
e) Standart ko’rsatkichlar.
Nisbiy kattaliklar orasida intensivlik (jadallik) ko’rsatkichi katta ahamiyatga ega. Jadallik ko’rsatkichi ma’lum sharoitda u yoki bu hodisalarning qanchalik ko’p yoki kam uchrashini yoki takrorlanishini ko’rsatadi.
Epidemiologiyada nisbiy kattaliklardan kasallanish darajasini aniqlash ko’rsatkichi, o’lim sonini aniqlash ko’rsatkichi, mehnat qobiliyatini yo’qotganligini aniqlash ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Ekstensiv (nisbiy) ko’rsatkichlar - bu nisbiy kattalik bo’lib, tahlil qilinayotgan hodisalarning qanchalik uchrashi darajasini ko’rsatadi. Bunda hodisaning mutloq sonini yuz foiz (100 %) deb olinib, Shu hodisaning u yoki bu belgilari shu mutloq songa nisbatan hisoblanadi.
Ekstensiv ko’rsatkichlarni epidemiologik hodisalarning kelib chiqish sabablari va ular orasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlashda qo’llab bo’lmaydi.
Ko’rgazmali ko’rsatkichlar biror bir masalaning yoki hodisaning mohiyatini ko’rgazmali qilib aks ettirishda qo’llaniladi. Ko’rgazmali ko’rsatkichlar yordamida hisoblash uchun mutloq raqamlardan yoki intensiv ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Bunda biror raqam yoki ko’rsatkich shartli ravishda bir deb olinadi va qolgan ko’rsatkichlar yoki raqamlar shu shartli ravishda olingan songa nisbatan hisoblanadi.
Epidemiologik tekshiruvlar uchun birinchi yoki dastlabki material sifatida hisobga olingan hisobot daftarlaridagi ma’lumotlardan va tekshiruvchi kishi o’zi tanlab tekshirgan tekshiruv natijalaridan foydalaniladi. Bu o’rinda hisobot daftarlaridan olinadigan ma’lumotlarni yig’ish ancha qulay va ko’p qiyinchilik talab qilmaydi. Tekshiruvchi kishining tanlab tekshirgan tekshiruv natijalariga asoslangan tekshiruv aniq va mukammal bo’ladi, ammo bunday materiallarni to’plash bir muncha qiyinchiliklar va ma’lum miqdorda xarajatlar talab qiladi.
Epidemiologik tekshiruvda tekshiruvni o’tkazish vaqtiga qarab ikki xil tekshiruv uslubi farqlanadi:
a) bir paytda (ko’ndalangiga) o’tkaziladigan tekshiruvlar.
b) uzoq davom etadigan (uzunasiga, perspektiv) tekshiruvlar.
Bir paytda o’tkaziladigan tekshiruv bu bir paytning o’zida biror bir aholi guruhlari o’rtasida olib boriladigan tekshiruvdir. Bu tekshiruv usuli yordamida kasallanishni (boleznennost) yoki zararlanish darajasini (porajennost) aniqlash mumkin.
Uzoq davom etadigan tekshiruv usuli - bu biror bir aholi guruhlarida uzoq muddat mobaynida, ya’ni ma’lum bir vaqt oralig’ida olib boriladigan tekshiruv bo’lib, bunday tekshiruv uchun ma’lumotlar uyma-uy yurib tekshirishlar natijasida, bemorlar haqida har kuni olib boriladigan hisobotlarni o’rganish tufayli maxsus varaqalar tarqatish yo’li bilan yig’iladigan dalillarni jamlash natijasida to’planadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling