1. Tafovut qilish, farqlash usuli. Agarda bir guruh kishilar o’rtasida kasallik boshqa guruh kishilariga nisbatan ko’proq uchrasa va bu guruhlar bir-birlaridan qandaydir biron bir ta’sir etuvchi omilning ko’p yoki ozligi bilan farq qilsalar shu ta’sir etuvchi omil kasallikning ko’p tarqalishidagi asosiy sabab deb bilinadi.
2. O’xshatishlik usuli. Agar bir xil sharoitda bir nechta guruhlarda bir xildagi kasallik uchrasa va bu guruhlarga umumiy bo’lgan biron bir omil mavjud bo’lsa, Shu omilni kasallikning kelib chiqishidagi va tarqalishidagi sababiy omil deb ataladi.
3. Tafovut qilishlik va o’xshatishlikning qo’shilgan usuli. Tafovut qilish va o’xshatishlik usullarini muntazam va ketma-ket, o’zaro takqoslab ishlatilgandagina aniq va ishonchli epidemiologik xulosaga kelish mumkin. Bunday holda dastlab o’xshashlik usulini qo’llab epidemiologik hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ehtimoliy sabablar aniqlanadi, so’ngra shu sabablar tafovut qilish usuli asosida batafsil o’rganilib, ba’zi bir guruhlarda bu sabablar yo’q ekanligi isbotlanadi.
4. Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli. Ma’lum vaqt oralig’ida kasallikni ko’payib yoki kamayib ketishi epidemik jarayonga ta’sir qiluvchi birorta omil ta’sir kuchini ko’payishi yoki kamayishi bilan bog’liqligi yaqqol aniqlansa, Shu omil kasallikni tarqalishiga sabab bo’luvchi asosiy omil yoki asosiy shart-sharoit deb bilinadi.
Bir-biriga bog’liq yoki teng sodir bo’ladigan o’zgarishlar usuli shunday paytda etarli darajada aniq bo’ladiki, qachon biror ijtimoiy yoki tabiiy omilning o’zgarishini uzoq vaqt davomida kuzatib borilsa va shu davr mobaynida epidemik jarayonga ta’sir etuvchi boshqa omillarning ta’siridan mustasno bo’lsa.
5. Qoldiqlik yoki ortib qolgan sabablar ta’sirini o’rganish usuli. Bu usul kasallik tarqalishiga bir nechta omillar ta’sir qiladigan paytda qo’llaniladi. Agarda kasallik tarqalishini belgilovchi asosiy omillar ta’sirida kasallik qanday darajada tarqalishi mumkin ekanligi ma’lum bo’lsa, ammo kasallik Shu omillar ta’siridan ham ortiqroq tarqalgan bo’lsa, bu holda "ortiqcha" yoki "qoldiq" kasallik boshqa biror omil ta’sirida paydo bo’ladi degan tuShuncha kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |