O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
Epidemik jarayonning namoyon bo’lishi
Epidemik jarayon yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko’rinishlarida namoyon bo’ladi. Kasallanish turli darajada va hududlar bo’yicha, aholining turli guruhlari va vaqt mobaynida taqsimlanishining o’ziga xosligi bilan ifodalanadi. Yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasini baholashda epidemik va ekzotik kasallanish degan tushunchalar ham qo’llaniladi. Yuqumli kasalliklarning vaqt bo’yicha taqsimlanishida ko’p yillik va yil mobaynida o’zgarishlari hisobga olinadi. Kasallanishning bir qator yillar davomida raqamlar bilan ifodalanishi ko’p yillik o’zgarish deb ataladi. Kasallanish darajasining ko’p yillik o’zgarishi uchta guruh sabablar ta’siri ostida bo’ladi. Birinchi guruhga epidemik jarayonga doimiy ta’sir o’tkazuvchi sabablar kiritilgan bo’lib, bu ta’sir natijasida ko’p yillik epidemik tendensiya shakllanadi. Bu tendensiya o’sish, pasayish va bir xilda turish tarzida namoyon bo’ladi. Ikkinchi guruhga davriy ravishda ta’sir o’tkazuvchi va epidemik jarayonning doimiy ravishda takrorlanib turuvchi tebranishini ta’minlovchi sabablar kiradi. Uchinchi guruh sabablar epidemik jarayonning tasodifan o’zgarishini ta’minlovchi tasodifiy sabablardir. Yuqumli kasalliklarning bir yil mobaynida ifodalanishi kasallikning yil mobaynida o’zgarishi deyiladi. Kasallikning yil mobaynida ko’p yillik o’zgarishi kabi tebranib turishi doimiy faol ta’sir qiluvchi: davriy faollashib turishi, epizotik ta’sir qiluvchi sabablar tufayli sodir bo’ladi. Yil mobaynida doimiy ta’sir qiluvchi sabablar yil mobaynidagi kasallikni keltirib chiqaradi. Yilning aynan bir faslida davriy ravishda ta’sir qiluvchi sabablar mavsumiy kasallanishni keltirib chiqaradi. Tasodifan ta’sir qiluvchi sabablar kasallikning birdan ko’payib ketishiga sabab bo’ladi. Kasallik aynan bir hududda, aholining turli guruhlari orasida bir xil tarqalmaydi. Har xil yoshdagi va har xil kasbdagi kishilar orasida kasallanish ko’rsatkichlari har xil bo’ladi. Bu aholining turli guruhlari orasida kasallanish xavfining turli darajada bo’lishi, ya’ni kasallikka moyillikning turli darajada bo’lishi bilan ifodalanadi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling