O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet4/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot

Epidemiologiya bu epidemik jarayon to’g’risidagi, uning rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo’lish shakllari haqidagi fandir. Epidemiologiya tibbiyotning eng dastlabki rivojlanish davridayoq epidemiyalar to’g’risidagi fan sifatida vujudga keldi. Epidemiologiya fan sifatida yuzaga kelishining boshlang’ich davrida uning o’rganish sohasi epidemiya paytida kasallanishni o’rganish edi. Tibbiyotning rivojlanishi bilan epidemiologik usulning imkoniyatlari ham oshib bordi. "Epidemiya" tushunchasi bu omma orasida ko’plab uchraydigan hodisani anglatadi. O’sha davrlarda eng ko’p tarqalgan hodisa - bu yuqumli kasalliklar edi.


Bakteriologik kashfiyotlar tufayli ommaviy kasallanishlarning sababi mikroorganizmlar ekanligi isbotlandi. Shu paytga kelib, "epidemiya" so’zining ma’nosi har qanday kasallikning o’sishi bilan emas faqat yuqumli kasalliklarning ko’payishi bilangina bog’liq bo’lib qoldi.
Epidemiologiyaning yangi nazariy bilimlarga asoslanib rivojlanishi o’tgan asrning 1-2 choraklariga to’g’ri keladi va L. V. Gromashevskiy., V. A. Bashenin, E. N. Pavlovskiylar nomi bilan bog’liq. Epidemiologiya fan va amaliyot ma’lumotlariga suyangan holda epidemiyalarning kelib chiqishi va rivojlanishini, ularning qanday sharoitlarda tarqalishini, ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarni o’rganuvchi epidemiyalar to’g’risidagi fan bo’lib qoldi (D. K. Zabolotniy, 1927).
Mikrobiologiya, immunologiya, yuqumli kasalliklar klinikasi sohalari bo’yicha olingan bilimlarni tahlil qilish L. V. Gromashevskiyga epidemiologiya faniga yangicha ta’rif berish - yuqumli kasalliklarning odamlar jamoasi orasida paydo bo’lishi, tarqalishi va tugashi asosida yotadigan ob’ektiv qonuniyatlarni o’rgatuvchi, ularning oldini olish va yo’qotish chora-tadbirlari to’g’risidagi fan sifatida ifodalash imkonini berdi (L. V. Gromashevskiy, 1941).
L. V. Gromashevskiy epidemiya tuShunchasini: "epidemiya" so’zining ilgarigi tor ma’nosiga to’g’ri keluvchi "tor ma’nodagi epidemiya" va epidemik jarayon to’g’risidagi tuShunchalarga ajratdi.
Epidemiologiya faqatgina epidemiyalar to’g’risidagi fan emas, balki kasallikning bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan yakkam-dukkam hollaridan tortib, epidemiyaning yaqqol namoyon bo’lishi bilan kechuvchi epidemik jarayon tug’risidagi fan hisoblanadi.
Bu davrga kelib ilmiy konsepsiyalarga asoslangan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar sezilarli natijalar berdi (chin chechak, toshmali terlama, vabo, o’lat, bezgak kabi kasalliklarning yo’qotilishi, difteriya, tulyaremiya, qizamiq kabilarning keskin kamayishi). Ammo bu natijalarga 1970 yillargacha erishildi. So’nggi davrlarda va hozirgi paytga kelib, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi ijtimoiy talablarning hozirgi darajasiga javob berolmaydi.
Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining soni va samarasi mamlakatda kutilgan natijalarni bermadi va o’z-o’zidan bu tizimning nazariy asosidagi kamchiliklar ochilib qoldi. 1970 yillardan keyin kasallanishning pasayishi, epidemiyaga qarshi kurashish tizimining imkoniyatlari tugaganini ko’rsatdi. Birinchi o’rinda epidemiyalarga qarshi kurashish emas (epidemiyaning o’zi umuman qolmadi) balki hozirgi paytda muhim ahamiyat kasb etgan onda-sonda uchraydigan kasalliklar bilan kurashish lozim bo’lib qoldi.
Epidemiyaga qarshi kurashishda o’zini oqlagan yo’nalish va uslublar guruh-guruh bo’lib, yoki onda-sonda kasallanishlar, bakteriya tashuvchilarni faol ravishda aniqlash hollarida yaxshi natija bermay qoldi. Aynan shu mulohazalar va kasallanish holatining o’zgarishi yuqumli kasalliklardan o’lish hollari, yurak-qon tomir, onkologik kasalliklardan, baxtsizlik oqibatidan, nafas olish organlari kasalliklari kabilardan keyingi o’ringa tushib qoldi.
Hozirgi paytda "epidemiya" tushunchasini yuqumli bo’lmagan kasalliklarga nisbatan qo’llash to’g’ri bo’lar edi. Epidemiologiyaning yanada rivojlanishi uning tibbiyot muammolarini populyatsiya darajasida yecha oladigan umum tibbiy fan sifatida zamonaviy davrga qadam qo’yishiga yordam berdi.
Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda hozirgi paytda epidemiologiya umum tibbiy fan sifatida barcha kasalliklarning oldini olish uchun ularning aholi orasida vaqt mobaynida taqsimlanishini, kasallikning kelib chiqishi, rivojlanishi va tarqalish mexanizmini o’rganadi.
Epidemiologiya umumtibbiy fan sifatida V. A. Bashenin tomonidan e’tirof etib kelingan edi. Keyingi paytda V. D. Belyakov tomonidan e’tirof etildi. Epidemiologiya fanining bu ma’nodagi ifodasi kuyidagicha: epidemiologiya - populyatsiya darajasida aholi o’rtasida kasallanish sababi va ularni keltirib chiqaradigan sharoitlarni o’rganib, Shu asosda kasallanishning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiquvchi fandir.
Umumtibbiy epidemiologiyaning o’rganish sohasi xilma-xil tashqi muhit omillarining, genotip va fenotiplari geterogen, moyillik darajasi turlicha va o’zgaruvchan bo’lgan kishilar populyatsiyasiga ta’siri natijasida aholi o’rtasida sodir bo’ladigan kasallanishlardan iboratdir.
Shu bilan birgalikda epidemiologiya epidemik jarayon haqidagi fan sifatida ham o’zining ahamiyatini saqlab qoldi. An’anaviy epidemiologiyaning o’rganish sohasi yuqumli kasalliklardir. Shunday qilib an’anaviy epidemiologiya epidemik jarayon to’g’risidagi fan sifatida o’rganiladi.
Zamonaviy epidemiologiya bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan 5 bo’limdan tashkil topgan.
1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot.
2. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar va vositalar.
3. Epidemiologik diagnostika.
4. Epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatish tizimi.
5. Xususiy epidemiologiya.
1941 yilda L. V. Gromashevskiy tomonidan epidemik jarayonga berilgan ta’rif: - bu jamoa orasida aylanib yurgan kasallik qo’zg’atuvchilari chaqirgan infeksion holatning oldinma-keyin keluvchi va epidemik o’choqlar sifatida namoyon bo’luvchi belgisiz bakteriya tashuvchilikdan tortib, to yaqqol klinik ko’rinishlaridagi bemorlardir degan ifodasida asosiy urg’u epidemik jarayonning yuqumli kasalliklar ko’rinishidagi tashqi namoyon bo’lishiga qaratilgan. Bu ifoda epidemik jarayonning yuzaga kelishi va rivojlanish sabablarini ochib bera olmaydi. Chunki, infeksion jarayon kasallik qo’zg’atuvchi parazitning makroorganizmi bilan o’zaro ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Shundan ko’rinib turibdiki, epidemik va infeksion jarayonning ifodalanishiga turlicha yondoshilgan.
Infeksion jarayonning ifodasida uning ma’nosi ochib berilgan, lekin qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ochib berilmagan. Epidemik jarayon ifodasida esa jarayonning qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi ko’rsatilgan, lekin bu jarayonning kelib chiqishi va rivojlanish sabablari ochib berilmagan. Agar infeksion jarayonning ko’rinishlari kasallik (manifest ko’rinishi) va bakteriya tashuvchilik (belgisiz ko’rinishi) ekanligini hisobga olsak, infeksion jarayonning ma’nosi va ko’rinishlarini quyidagicha ifodalash mumkin: infeksion jarayon bu kasallik qo’zg’atuvchi parazit va odam organizmining o’zaro munosabati jarayonida, sharoitga qarab manifest yoki belgisiz, ya’ni kasallik va tashuvchilik ko’rinishlarida ifodalanishidir. Epidemik jarayonning ma’nosi ham kasallik qo’zg’atuvchi parazit bilan makroorganizmning o’zaro munosabati natijasidir. Lekin bu jarayon organizm darajasida emas, populyatsiya darajasida kechadi. Shunday qilib epidemik jarayon bu kasallik qo’zg’atuvchi parazit bilan makroorganizmning populyatsiya darajasidagi o’zaro ta’siri natijasida, ma’lum ijtimoiy va tabiiy sharoitlarga bog’liq bo’lgan holda, aholi o’rtasida kasallanishning har xildagi jadalligi ko’rinishida ifodalanishidir.
Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limot epidemiologiyaning boshqa bo’limlari uchun nazariy asos hisoblanadi.
Har qanday jarayonni o’rganish shu jarayon qanday paydo bo’ladi va nima uchun rivojlanadi, ya’ni unig rivojlanish sabablari va bu jarayon qanday ko’rinishlarda namoyon bo’ladi kabi uch yo’nalishda olib boriladi.
Shunga binoan epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotda ham uchta qism farq qilinadi.
1) Epidemik jarayonning omillari: biologik, ijtimoiy va tabiiy (uning rivojlanish sabablari va sharoitlari).
2) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi (shu jarayon qanday qilib rivojlanadi). Bu mexanizm hozirgi zamon epidemiologiyasining uchta asosiy nazariyasini umumlashtirish bilan idrok etiladi. "Yuqish mexanizmi" to’g’risidagi ta’limot (L. V. Gromashevskiy, 1941). "Yuqumli kasalliklarning tabiiy o’chog’i" to’g’risidagi ta’limot (E. N. Pavlovskiy, 1939) va "Epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi" to’g’risidagi ta’limoti (V. D. Belyakov, 1975).
3) Epidemik jarayonning ko’rinishi (jarayon qanday namoyon bo’ladi).



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling