O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI


Download 1.27 Mb.
bet3/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

QISQARTIRILGAN SO’ZLAR RO’YXATI

DSENM Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi


YUKK Yuqumli kasalliklar kabineti
REA Retrospektiv epidemiologik tahlil
SSV Sog’liqni saqlash vazirligi
FEKK Favqulodda epidemiyaga qarshi komissiya
SHIYUK Shifoxona ichi yuqumli kasalliklari
QVP Qishloq vrachlik punkti
SNP Sanitariya nazorat punkti
O’XYUK O’ta-xavfli yuqumli kasalliklar
JSST Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti
MSB Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi
FAP Feldsher-akusherlik punkti

UMUMIY EPIDEMIOLOGIYA


MAVZU 1. EPIDEMIK JARAYON TO’G’RISIDAGI TA’LIMOT.
EPIDEMIK JARAYONNING OMILLARI VA RIVOJLANISH
MEXANIZMI

  1. Maqsad:

Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotning asosiy mazmunini o’rganish, shu bilimlar yordamida epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarniig alohida guruhlarini asoslab berish.
2.Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 4 soat.
3.Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1.Kirish.
3.2.Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
a) Epidemik jarayon omillari.
b) Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi.
v) Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
4. Xulosa.
5.O’quv savollari:
Epidemik jarayonning omillari.
a) Biologik omil epidemik jarayonning sababchisi sifatida. Kasallik manbai (rezervuar) kasallik qo’zg’atuvchilarining tur sifatida tabiatda saqlanishi uchun zarur yashash muhiti;
- obligat-patogen va shartli patogen kasallik qo’zg’atuvchilar qo’zg’atgan antroponoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- kasallik qo’zgatuvchilar populyatsiyasining virulentlik bo’yicha geterogenligi (xilma-xilligi) va xo’jayin organizmining kasallikka moyilligining turli darajada bo’lishi kasallikning har xil ko’rinishlarda namoyon bo’lishini ta’minlovchi omil sifatida (kasallikning o’tkir, surunkali, tipik va atipik ko’rinishlarining epidemiologik ahamiyati);
- kasallikning turli davrlarida bemorlarning epidemiologik jihatdan xavfliligi;
- yuqumli kasallik belgisiz kechadigan turlarining epidemiologik ahamiyati;
- hayvonlarning odamlar uchun patogen bo’lgan obligat-parazitlari qo’zg’atgan zoonoz kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi;
- zoonoz kasalliklarda kasallik manbaining tavsifi;
- odamlar va hayvonlar uchun fakultativ parazitlar keltirib chiqargan kasalliklarda epidemik jarayonning rivojlanish sxemasi.
b) Ijtimoiy omillar - epidemik jarayonni rivojlantiruvchi omil sifatida:
- turli guruhlarga taalluqli odamlar hayoti, mehnat faoliyatining ahamiyati;
- aholi zichligi, turli yoshlardagi aholi guruhlari;
- migratsiya jarayonining ahamiyati;
- tibbiy xizmat darajasining ahamiyati;
- uyushgan jamoalarning tuzilishi va ularning ta’siri.
v) Tabiiy omillar:
- tabiiy omillarning (quyosh nuri, namlik, muhit) odamlar organizmi chidamliligiga va kasallik qo’zg’atuvchilarning ko’payishi tezligiga bevosita ta’siri;
- tabiiy omillarning (ob-havo, landshaft, muhit) epidemik jarayon rivojlanishiga bevosita ta’siri.
6. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmini ochib beruvchi nazariy bilimlarning umumlashuvi.
a) L. V. Gromashevskiyning yuqish mexanizmi to’g’risidagi nazariyasi.
- kasallik qo’zg’atuvchilarning "xo’jayin" organizmida asosiy joylashishiga mos ravishda tuzilgan yuqish mexanizmi turlari;
- yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va unda qatnashadigan omillar;
- zoonoz kasalliklar bir organizmdan ikkinchi organizmga o’tish mexanizmining o’ziga xosligi;
- zoonoz kasalliklarning yuqish mexanizmi.
b) E. N. Pavlovskiyning tabiiy-o’choqli kasalliklar to’g’risidagi ta’limoti.
- tabiiy "antropurgik" o’choqlar degan tushunchalarni populyatsiya nuqtai-nazardan tuShuntirish.
v) V. D. Belyakovning epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi to’g’risidagi ta’limoti.
- epidemik jarayonda o’z-o’zini ichdan boshqarish mexanizmi;
- epidemik jarayonning rivojlanish davrlari (fazalari).
8. Epidemik jarayonning ko’rinishlari.
a) Epidemik jarayon kuchini (epizodik va epidemik kasallanish, onda-sonda uchraydigan kasallanish, epidemiya, pandemiya) ifodalovchi kategoriyalar;
b) epidemik jarayonning xududlar bo’yicha ko’rinishlari.
- antroponozlar va zoonozlar nozoareallarining o’ziga xosligi, global, regional nozoareallar;
- yuqumli kasalliklar bilan kasallanishni hududlar bo’yicha ifodalash yo’llari;
- nozoareallarni ifodalovchi omillar.
v) Epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishi.
- epidemik jarayonning ko’p yillik o’zgarish bo’yicha namoyon bo’lishi;
- kasallanishning ko’p yillik epidemik tendensiyasini, epizodik tebranishlarni yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar;
- kasallanishning yil davomida o’zgarishida epidemik jarayoning namoyon bo’lishi;
- yillik, mavsumiy va birdaniga ro’y beradigan kasallanish darajalarini yuzaga keltiruvchi sharoitlar va sabablar;
- epidemik jarayonning vaqt bo’yicha namoyon bo’lishini ifodalash usullari.
g) Epidemik jarayonning aholi har xil guruhlari orasida namoyon bo’lishi.
- kasallanishning aholi guruhlari bo’yicha taqsimlanishida yosh, kasb-kor, genetik, ijtimoiy va boshqa omillarning ahamiyati;
- kasallanishning aholi guruhlari orasida taqsimlanishini ifodalash usullari.
9. Talaba quyidagilarni bilishi kerak:
9.1. Epidemiologiya fani to’g’risidagi tushuncha.
9.2. Epidemik jarayon va uning o’zaro bog’liq bo’lgan uchta bo’limi, yuqish mexanizmi, kasallikning tabiiy o’chog’i, epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarish mexanizmi to’g’risidagi tushuncha.
10. Amaliy ko’nikmalar.
10.1. Epidemik jarayon to’g’risidagi ta’limotni epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni asoslash uchun qo’llash.
11. Mustaqil ish.
Mustaqil ravishda ishlash uchun qo’llanmada keltirilgan axborotlarni o’rganish tavsiya qilinadi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling