O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
MAVZU 2. EPIDEMIOLOGIYA FANINING TEKSHIRUV USULLARI, EPIDEMIOLOGIK USUL HAQIDA TUSHUNCHA VA BU USULNING MOHIYATI, EPIDEMIOLOGIK DIAGNOZ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
MAVZU 2. EPIDEMIOLOGIYA FANINING TEKSHIRUV USULLARI, EPIDEMIOLOGIK USUL HAQIDA TUSHUNCHA VA BU USULNING MOHIYATI, EPIDEMIOLOGIK DIAGNOZ HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
1. Mashg’ulotning mohiyati. Aholi orasida tarqaladigan yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun, epidemiyaga qarshi kurashish choralarini tashkil etishda asosiy qonun-qoidalaridan biri, profilaktik va epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarning boshlang’ich, ya’ni asosiy yo’nalishini aniqlashdir, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarini rejalashtirish va epidemiyaga qarshi kurashni tashkil etishning asosiy va boshlang’ich yo’nalishini aniqlash epidemiologik tekshiruv usullarini qo’llash tufayli amalga oshiriladi. Epidemiologiya sohasida ishlaydigan bo’lajak mutaxassislar, epidemiologiya fanining tekshiruv usullarini, bu usullarning mohiyatini yaxshi bilishlari kerak. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlarining maqsadga muvofiq bo’ladigan rejalarini ishlab chiqishda epidemiologik diagnoz xulosalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi. 2. Maqsad: Talabalarni kasalliklarning epidemiologiyasini o’rganishda qo’llaniladigan epidemiologik tekshiruv usullari bilan tanishtirish. Talabalarni epidemiologik hodisalar o’rtasidagi sababiy bog’lanishlarni aniqlash usullari bilan tanishtirish, ularga epidemiologik tekshiruv usullarining mohiyatini tushuntirish, jumladan tasviriy baholash usuli, analitik (tahliliy) epidemiologiya usuli, eksperimental (ilmiy tajribaga asoslangan) epidemiologiya usullari va epidemiologik prognoz (kasalliklarning tarqalish darajasini oldindan aniqlab berish) usullari bilan tanishtirish. O’quvchilarni kasallik o’chog’ida olib boriladigan epidemiologik tekshiruvning o’ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish, ularga kasallik o’chog’ida epidemiologik tekshiruv olib borish usulini o’rgatish. O’quvchilarga yuqumli kasalliklarning epidemiologik diagnozi, shu diagnozning mohiyati, asosiy bo’limlari va bosqichlari, epidemiologik diagnoz uchun qo’llaniladigan hujjatlar to’g’risida tuShuncha berish. Epidemiologik va klinik diagnozlarning o’xshashligi va ular o’rtasidagi tafovutlarni o’rgatish. Nihoyat o’quvchilarga, retrospektiv (o’tmishga asoslanib qilinadigan) va operativ (tezkorlik bilan qilinadigan) tahlil to’g’risida umumiy tushuncha berishdir. 3. Mashg’ulotni o’tkazish uchun dasturga binoan 5 soat vaqt ajratilgan, Shundan 3 soati amaliy mashg’ulotga, 2 soati mustaqil ishga mo’ljallangan. 4. Mashg’ulotni o’tkazish tartibi. 4.1. Kirish so’zi, mashg’ulotni mavzusini, mohiyatini, maqsadini va uning mazmunini talabalarga tuShuntirish. 4.2. Talabalardagi ushbu mavzu to’g’risidagi boshlang’ich bilim saviyalarini aniqlab olish. 4.3. Epidemiologik usul, bu usulning mazmuni, mohiyati va qo’llanilishi haqidagi savollarni muhokama qilish. 4.4. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida o’tkaziladigan epidemiologik tekshirish usullarini muhokama qilish. 4.5. Epidemiologik diagnoz, epidemiologik diagnoz qo’yish usullari, bu diagnozning turlari, o’tkazilish bosqichlari va epidemiologik diagnoz uchun qo’llaniladigan hujjatlarni muhokama qilish. 4.6. Talabalarning muhokama qilingan materiallarni o’zlashtirganliklarini tekshirish. 4.7. O’tilgan mashg’ulotga yakun yasash va keyingi mashg’ulot uchun topshiriq berish. 5. Mashg’ulotni o’zlashtirganligini aniqlash maqsadida beriladigan savollar. 5.1. Epidemiologik tekshirish usullari haqida tushuncha. 5.2. Epidemiologik hodisalarning kelib chiqishidagi sababiy bog’lanishlarni, shu sabablar tufayli kelib chiqadigan oqibatlarni aniqlash uchun ishlatiladigan usullar. 5.3. Diskriptiv (tasviriy-baholash), analitik va eksperimental (ilmiy tajribaga asoslangan) epidemiologiyada hamda kasallik tarqalish jarayonini oldindan aniqlab berish (prognoz qilish) uchun qo’llaniladigan usullar va ularning ta’rifi. 5.4. Kasallik o’choqlarida qo’llaniladigan epidemiologik tekshiruv usullari yagona kasal uchraydigan va bir talay kasallar uchraydigan kasallik o’choqlarida epidemiologik tekshiruv o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari. 5.5. Epidemiologik diagnoz haqida tushuncha. 5.6. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun ishlatiladigan usullar. 5.7. Epidemiologik tahlilning turlari (retrospektiv, operativ, prognostik). 5.8. Epidemiologik diagnozning yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati. 5.9. Epidemiologik diagnoz qo’yish uchun qo’llaniladigan hujjatlar. 6. Talabalar bilishi lozim bo’lgan savollar. 6.1. Epidemiologik usulning o’ziga xos xususiyatlari. 6.2. Yuqumli kasallik o’choqlarida olib boriladigan epidemiologik tekshiruv usulining, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishdagi ahamiyati. 6.3. Epidemiologik diagnoz haqida tuShuncha (epidemiologik diagnozning asosiy turlari va o’tkazish bosqichlari). 6.4. Tezkorlik bilan qilinadigan (operativ) va o’tmishga asoslanib qilinadigan (retrospektiv) epidemiologik tahlil. 7. Talabalar o’rganishi lozim bo’lgan amaliy malaka. 7.1. Yuqumli kasallik o’choqlarida epidemiologik tekshiruv o’tkazishni bilish. 7.2. Guruhli kasallanish hollarida uning sabablarini aniqlay bilish. 7.3. Kasalliklarning qaysi darajada tarqalganligini aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlarni (mutloq son, nisbiy, intensiv, ekstensiv) amalda qo’llash. 7.4. Yuqumli kasalliklar strukturasini, tarqalish darajasini va dinamikasini tahlil qilishni o’rganish. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling