O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet19/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Epidemiologik tahlil
Epidemiologik tahlil - epidemik jarayonni o’rganish usuli bo’lib, maxsus dastur asosida to’plangan epidemiologik ma’lumotlarni o’zaro taqqoslab, epidemik jarayonning ma’nosini anglab etishga asoslangandir.
Epidemiologik tahlilniig quyidagi turlari ma’lum:
a) Prognostik epidemiologik tahlil (epidemiologik razvedka) aniq ma’lumotlarga asoslanib, epidemik jarayonning kelgusida qanday rivojlanishini oldindan aniqlab berish uchun qilinadigan tahlil.
b) Operativ yoki kundalik epidemiologik tahlil bu kundalik epidemiologik nazorat tartibi (5 - jadval).
5-jadval.
Operativ (tezkorlik bilan qilinadigan) epidemiologik tahlil



Epidemiologik
jihatdan ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarda uzluksiz ravishda olib boriladigan sanitariya-gigiyenik va bakteriologik tekshiruv natijasini doimiy ravishda tezkorlik bilan tahlil qilib turish.

Aholi o’rtasida, aholining har xil guruhlari o’rtasida antroponoz va zoonoz yuqumli kasalliklarning uchrashini doimiy ravishda kuzatib borish.



Aholi orasida yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tashuvchilik darajasini aniqlash uchun tekshirish natijalarini va aholining yuqumli kasalliklarga moyillik holatini, immunitetini uzluksiz kuzatib turish.

Yaqin atrofdagi va chegaradosh hududlardagi epidemiologik ahvol
haqidagi ma’lumotlarni doimo
tahlil qilib turish va bu hududga
boshqa joylardan yuqumli kasalliklarning keltirilishi xavfini aniqlash.



Kundalik hayotda uchrayotgan kasalliklarni keltirib chiqarayotgan va tarqalishiga sabab bo’layotgan omillarni aniqlash. Kasallikning ko’payib ketishini va bu ko’payishga sabab bo’luvchi shart-sharoitlarni o’z vaqtida aniqlash va bu kasallikka qarshi kurashish choralarini tezlik bilan tashkil etish.

v) Retrospektiv yoki o’tmishga asoslanib qilinadigan epidemiologik tahlil va o’tgan ma’lum davr oralig’ida, aholining ma’lum guruhlari o’rtasida tarqalgan kasalliklarning strukturasini, tarqalganlik darajasini, shu kasalliklarning tarqalish dinamikasini va kasallikning kelib chiqishiga va tarqalishiga sabab bo’lgan shart-sharoitlarni o’rganib chiqib, Shu ma’lumotlar asosida kasallikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishga asoslangan tahlildir. Epidemiologik tahlil qilishdan asosiy maqsad epidemik jarayonni yuzaga kelishiga sabab bo’lgan va shu jarayonni rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan shart-sharoitlarni aniqlash, kasallikka qarshi kurashish maqsadida qo’llanilgan tadbirlar natijasiga baho berish va bundan keyingi davrda qo’llaniladigan chora-tadbirlarni rejalashtirishdir (6-jadval).




6-jadval.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling