Tanlangan belgilarga qarab epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni guruhlashning qo’shimcha varianti
Tadbirlar guruhi
|
Tadbirlar
|
Epidemiyaga qarshi vositalar (dori-darmonlar) talab qiluvchi
|
Davolash, deratizatsiya, dezinseksiya, dezinfeksiya, sterilizatsiya, emlash, zudlik bilan emlash, laboratoriya tekshiruvlari
|
Epidemiyaga qarshi vositalar (dori-darmon) talab qilinmaydigan
|
Alohidalab qo’yish, observaciya, sanitariya-gigiyenik
|
Umumiy
|
Sanitariya-maorifi ishlari
|
Profilaktik
|
Laboratoriya tekshiruvlari
|
Aynan epidemiyaga qarshi tadbirlar (epidemiya o’chog’ida)
|
Ma’lum shart-sharoitdan kelib chiqadi
|
Aholini epidemiyadan saqlashning asosiy maqsadi: aholi orasida yuqumli kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish, agarda yuqumli kasallik paydo bo’lgan bo’lsa, unda epidemiya o’chog’ini tezlikda yo’qotish, yuqumli kasalliklarni kamaytirish va bu kasalliklarning aholi yashaydigan joylarda tarqalishining oldini olishdir.
13-jadvalda chora-tadbirlarning to’rtta yo’nalishi tasvirlangan. Yuqumli kasalliklar paydo bo’lishining oldini olish va aholi yashaydigan joylarda epidemik o’choqni o’z vaqtida yo’qotish, qo’llanadigan chora-tadbirlar epidemik jarayonning har bir omiliga qaratilishi natijasida erishiladi, buning jami esa yuqumli kasalliklarning umumiy darajasini kamaytirishga olib keladi.
Chora-tadbirlarning ba’zilarini bajarishda epidemiyaga qarshi vositalar qo’llaniladi va boshqalari tashkiliy xarakterga ega.
Ayrim chora-tadbirlar yuqumli kasallikning yuqishiga qarshi qaratilgan bo’lsa, boshqa choralar esa kasallikni yo’qotishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |