O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet29/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Axborot uchun ma’lumot

Bizning mamlakatimizda epidemiyaga qarshi kurashish tizimi quyidagi ierarxik sathlarni o’z ichiga oladi:


Mahalla (uchastka), tuman, viloyat (shahar) va respublika miqyosida har bir sathni (gorizontal kesim) faoliyatini hisobga olgan holda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni bajarish uchun ajratilgan bajaruvchilar orasida u yoki bu xil aloqalar mavjuddir.
Aholiga epidemiyaga qarshi kurashish xizmatini amalga oshirish faqatgina biron-bir vazifani bajarish (bajaruvchanlik faoliyati) bilangina emas, o’sha chora tadbirlarni sifati, to’liq va aniq maqsad bilan bajarilishni ta’minlovchi boshqa faoliyatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Bu faoliyatlarga epidemiologik diagnoz qo’yish, tashkilotchilik, metodik, nazorat qilish kabi faoliyatlar ham kiradi.
Bajaruvchilik faoliyatini odatda davolash-profilaktika muassasalari (ambulatoriya, poliklinika, shifoxonalar) bajaradilar. Bundan tashqari, bajaruvchilik faoliyatini notibbiy, ya’ni tibbiyotga bog’liq bo’lmagan korxona va idoralar ham bajarishlari mumkin. Masalan: aholi yashaydigan joylarni tozalash, oziq-ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash va boshqalar bilan bog’liq bo’lgan sanitariya-gigiyena chora-tadbirlarini u yoki bu davlat organlari, idoralar, korxonalar aholining faol ishtirokida amalga oshiradilar.
Sanitariya epidemiologiya idoralarining bajaruvchilik faoliyati alohida mutaxassislarni, moddiy harajatlarni talab qiladigan alohida chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi (masalan: laboratoriya tekshiruvlari).
Sanitariya epidemiologiya organlariga asosan diagnostik (epidemiologik diagnoz qo’yish), tashkiliy, metodik va nazorat qilish faoliyatlari yuklatilgan. Bunday faoliyatlarni yuqori darajada bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassislar talab qilinadi. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirib borish uchun doimiy ravishda ilmiy tekshirish ishlarini olib borish talab etiladi. Shuning uchun epidemiyaga qarshi kurashish tizimiga o’quv va ilmiy tekshirish tarmoqlari ham kiradi.
Aholiga epidemiyaga qarshi xizmat ko’rsatishda sanitariya epidemiologiya xizmati alohida o’rin tutadi. Sanitariya epidemiologiya organ-lari va idoralari tashkilotchilik faoliyatlarining murakkabligi shundaki, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ular bilan kurashish jarayonida juda ko’plab kuch va mablag’lar ko’pchilik hollarda bu organlarga bo’ysunmaydigan idoralarni jalb qilishlari kerak. Bunday vazifalarni bajarish sanitariya epidemiologiya organlari va idoralarining nazorat qilish va metodik faoliyatlari bilan bog’liqdir.
Hukumat qarorlarini, Respublika Sog’liqni saqlash vazirligi chiqargan buyruq va ko’rsatmalarni, mahalliy sog’liqni saqlash organlarining buyruq va ko’rsatmalarini, davlat organlari, idoralari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlari javobgar shaxslar va alohida fuqarolar tomonidan bajarilishini nazorat qilish davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi xodimlariga yuklatilgan. Bu ularning nazorat qilish faoliyatiga taalluqlidir.
Sanitariya epidemiologiya xizmatining nazorat qilish faoliyatlari ma’lum qonunlar va huquqlar bilan mustahkamlanib qo’yilgan.
Turli xil bajaruvchilar guruhlari o’rtasida epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini birgalikda amalga oshirish jarayonida tashkiliy hamkorlik va axborot aloqalari o’rnatiladi. Bu hamkorlik va aloqalar bir xil sohadagi idoralardagi vertikal bo’yicha, har xil sohadagi idoralarda gorizontal bo’yicha o’rnatiladi. Barcha idoralarning kelishilgan holda ishlashi, aholiga epidemiyaga qarshi kurashish xizmati chora-tadbirlarini to’la-to’kis bajarilishini ta’minlashga qaratilgan.
Epidemiyaga qarshi kurashish jarayonida har xil sohadagi mutaxassislarni qatnashishi, ular o’rtasidagi o’zaro tashkiliy munosabatlar o’rnatish ba’zida ma’lum qiyinchiliklarga ham olib keladi. Chunki epidemiyaga qarshi kurashishga jalb qilinadigan har xil sohadagi kishilar bajarishi lozim bo’lgan ishlar, ularning o’zlarining asosiy funksiyalari bo’lmaganligi va bu kishilar har xil ma’muriyatlarga mansub bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning yo’qligidan kelib chiqadi. Shu sababli sanitariya epidemiologiya muassasalarining mutaxassislari epidemiologik diagnozlar, epidemiologik tekshiruvlar va kuzatuvlar natijalariga asoslanib, bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni rejalashtiradilar va bu ishlarni bajarish lozim bo’lgan tashkilotlarni, muassasalarni va xodimlarni aniqlab, ular bajarishi kerak bo’lgan ishlarni isboti bilan ko’rsatib, bajarilish muddatlarini ham belgilab, bu rejalarni mahalliy hokimiyat kengashlarida tasdiqlab olganlaridan keyin bu rejalar yoki hujjatlar kuchga kiradi va ushbu hujjatlarda ko’rsatilgan chora-tadbirlarni mazkur tashkilot va korxona xodimlari tomonidan bajarilishi shartdir. Bajarilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi xabarlar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi va boshqa tashkilotlar xodimlari o’rtasidagi o’zaro axborot aloqalari tufayli amalga oshiriladi.



Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling