O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
O’latning tabiiy o’choqlarida o’tkaziladigan choralar
O’latning tabiiy o’choqlari mavjud ekan, ushbu hududlarga kelib-ketib turuvchi odamlarga yuqish xavfi yo’qolmaydi. O’latning profilaktikasi infeksiyaning tabiiy o’choqlardan chiqishiga qarshi chora-tadbirlar ko’rish va ushbu hududni muntazam nazorat qilishdan iborat bo’lmog’i kerak. Shu bilan birga epizootiya o’choqlari ustidan nazorat ham o’lat profilaktikasida alohida o’rin tutadi. Bu ish faqat o’latga qarshi muassasalar ishigina bo’lib qolmay, sog’liqni saqlash sohasining barcha xodimlari bilan amalga oshiriladi. Birinchi kasallanish va epizootiyalarni o’z vaqtida aniqlash, nazorat qilish bilan bajariladi. Bunda amalga oshiriladigan profilaktik chora va tadbirlarning tavsifi, hajmi, infeksiya manbai sinantrop yoki yovvoyi kemiruvchi ekanligiga bog’liqdir. Ayrim joylarda o’lat bilan og’rigan tuyalar ham bo’lishi ehtimolini e’tibordan chiqarmaslik kerak. Bu hollarda o’tkir infeksiya (o’lat) bilan kasallangan va qirg’inga uchrayotgan tuyalar ustidan qattiq veterinariya nazorati o’rnatilishi kerak. O’lat profilaktikasining muhim choralaridan biri hisoblangan kemiruvchilarni qirg’in qilinishi ular zich yashashi orqali paydo bo’lishi mumkin bo’lgan o’lat epizootiyasining oldini olish, paydo bo’lgan epizootiyani to’xtatish yo’li bilan odamlarni yuqishdan himoya qilish hamda ayrim olingan joylarda tabiiy o’choqlarni butunlay yo’qotish maqsadlarida amalga oshiriladi. Tabiiy o’choqlarda ish olib borayotgan xodim emlangan bo’lishi hamda maxsus himoya libos (o’latga qarshi libos) bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Respublikamizning o’latga qarshi muassasalarining ko’p yillik tajribasi Shuni ko’rsatdiki, kemiruvchilar orasida epizootiyalar shiddat bilan ketayotgan paytda ham odamlarni o’lat yuqishidan saqlash mumkin. Quturish O’tkir virusli infeksiya bo’lib, tabiiy antropurgik zoonoz kasallik hisoblanadi. Tabiatda ushbu kasallik virusini asosiy asrovchilar itsimonlar oilasiga mansub yovvoyi yirtqich (bo’ri, tulki va boshqa) hayvonlar hisoblanadi (17-jadval). 17-jadval. Umurtqalilarning quturish virusiga beriluvchanligi (JSST ma’lumotlariga ko’ra)
Insonga asosan uy hayvonlari (it, muShuk) tishlaganda yoki yalaganda virusli so’lakning teriga yoki shilliq pardada paydo bo’lgan jarohatga tushishi orqali yuqadi. Kasallik markaziy asab sohasini zararlab, bemorni o’limga olib keladi. Ushbu kasallik zooantroponoz bo’lganligi tufayli quturish bilan kurashish choralari tibbiyot va veterinariya xodimlari hamkorligida amalga oshiriladi. Veterinariya-sanitariya choralari bir tomondan it boqishning ma’lum qonun-qoidalariga (ro’yxatga qo’yish, ko’chaga, sayrga tumShug’bog’da qo’yish), ikkinchi tomondan daydi, egasiz it muShuklarni qirg’in qilishga taqaladi. Quturish belgisi paydo bo’lgan hayvonlar darhol veterinariya muassasalariga olib kelinib, ular ustidan 10 kun davomida nazorat o’rnatiladi. Quturish diagnozi qo’yilgan holda o’choqda namli dezinfeksiya o’tkaziladi. Quturish kasalligi bo’yicha noqulay tuman va hududlarda itlarni va boshqa xo’jalik hayvonlarini emlash lozim. Endi hayvonlar epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling