O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg
Download 1.27 Mb.
|
эпид китоб лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi
Axborot uchun ma’lumot
Iksod kanalarining biologiyasi va ekologiyasi. Taygada, o’rmonlarda va o’rmon-dasht hududlarda keng tarqalgan. Kananing har bir turi ma’lum landshaftga va faqat tuproqqa (nam, osoyishta joyga) tuxum qo’yadi. Metamorfoz tuxum, qurtcha (lichinka), nimfa, imago tartibida o’tib, kananing rivojlanishi 1 yildan 5 yilgacha davom etishi mumkin. Oziqlanish tarziga ko’ra kanalar bir, ikki va uch xo’jayinli bo’ladilar. Birinchilari barcha rivojlanish bosqichlarini bitta, ikkinchilarida lichinka va nimfasi bitta, imago bo’lsa boshqa, uchinchilari har bir bosqichi har xil xo’jayinda oziqlanadilar. Lichinka va nimfa kemiruvchilar va qushlarga, imago yirik hayvonlar va odamga yopishib oladilar. Iksod kanalari bahor va yoz oylarida o’ta faoldirlar. Sezdirmasdan 5-7 ba’zida 12 kunga yopishib oladilar hamda Shu davr ichida ancha hajmga kattalashadilar. Yopishib olgan kanalardan birinchi soatlarda xoli qilinsa odamga kasallik yuqish ehtimoli keskin kamayadi. Iksod kanalari 2 yilgacha ochlikka chidaydilar. Epidemiologik ahamiyati. Iksod kanalari eng ko’p epidemiologik ahamiyatga egadirlar. Ular: a) virusli kasalliklar (bahorgi-yozgi kana ensefaliti, Omsk va Janubiy gemorragik isitmalari), b) rikketsiozlar (Ku-isitmasi va boshqa), v) bakterial infeksiyalar (tulyaremiya)ni tarqatishlari mumkin. Encefalit, Marsel isitmasi, toshmali tifning qo’zg’atuvchilari kana organizmida umr bo’yicha saqlanib naslga berilishi ham mumkin. Gemorragik isitmalarni bemordan sog’lom odamga berilishi O’zbekistonda muhim epidemiologik ahamiyatga molikdir. Odamlardan yuqtirilgan infeksiya odatda juda og’ir kechib aksariyat hollarda o’lim bilan tugashi kuzatiladi. Argaz kanalarining biologiyasi va ekologiyasi Argaz kanalari pana joy kanalari hisoblanadi. Ular asosan yog’och va loydan qurilgan imoratlarda, hayvonlar uyasida, g’or va o’ralarda kun kechiradilar. Hayotiy davriyligi - tuxum, qurtcha (lichinka), 3 yoki 5 ta nimfalik davri va 25 yilgacha davom etishi mumkin bo’lgan imago davri tartibida o’tadi. Ochlikka 10-11 yilgacha chidaydilar. O’rta Osiyo, Kavkazorti mamlakatlarida, Qrimda va Ukrainada keng tarqalgan. Odamga va hayvonlarga asosan tunda tashlanadilar. Bunda bir necha daqiqadan yarim soatgacha sezdirmasdan yopishib so’rish xususiyatiga egadirlar. Qishda juda kam oziqlanadilar. So’rgan joylarida bir necha haftagacha vaqti-vaqti bilan qattiq qichiydigan o’ziga xos qontalash papula qoladi. Argaz kanalaridan infeksiya yuqishi so’rishning dastlabki davrlaridayoq yuz berishi tufayli bu kanalardan tanani ozod qilish payti kasallanish darajasiga ta’sir qilmaydi. Argaz kanalarining epidemiologik ahamiyati: Kana qaytalama tifi, Ku-isitmasining va boshqa kasalliklarning tarqatuvchisi bo’lib xizmat qiladi. Ma’lum biotiplarga bog’liq, embrional taraqqiyoti va imago bosqichining uzoq davom etishi hamda qo’zg’atuvchilarning transovarial (2 naslga) berilishi tufayli argazidlar uzoq vaqt davomida kana qaytalama tifi va Ku-isitmasining tabiiy o’choqlarining saqlanib turishiga sabab bo’ladilar. Tabiiy biotiplar sharoitida odamlarga katta xavf tug’dirmaydi. Ammo odamlarning kanalab ketgan imoratlarga ommaviy ko’chib kirishi kasalliklarni keng tarqalishiga olib keladi. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling