O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet41/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Burgalar. Burga rivojlanishi 4 bosqich: tuxum, qurtcha (lichinka), g’umbak va etilgan burga (imago)dan iborat.
Ayrim olingan bosqichlarning davomiyligi tuxum, qurtcha va g’umbaklar rivojlanayotgan iqlim-sharoitlarga bog’liqdir. Odatda issiq sharoit rivojlanish va bosqichlarni tezlashtirib, sovuq sharoit sekinlatadi. Burgalarning rivojiga havo harorati 20-250S ga va nisbiy namlik 80-70% ga teng bo’lganda eng qulay sharoit hisoblanadi.
Burgalar infeksiyalarni kemiruvchilardan kemiruvchilarga, kemiruvchilardan hayvonlarga va odamlarga tarqatadilar. O’zlari kasallangan kemiruvchi qonini so’rganda zararlanadilar. O’lat mikroblari burga qizilo’ngachining me’da oldi qismida so’rilgan qon tarkibida ko’payadi, so’ngra ular bir-biriga yopishib tugunsimon, keyin esa yaxlit yopishqoq zichlikka aylanib butun oshqozonga tiqinlanib qoladi. Hosil bo’lgan o’lat tiqini burgani ichak yo’lini to’liq berkitib qo’yadi. Bu burga qaytadan qon so’rish paytida so’rish natijasida paydo bo’lgan kichik jarohatga kekirish tufayli o’lat bakteriyasi o’tadi va Shu tarzda kemiruvchi yoki odamga infeksiya yuqadi.
Agar zikr etilgan o’lat tiqini bo’lmasa burgalar xavf tug’dirmaydi. O’lat tiqini hosil qilishi, ya’ni o’latni yuqtirishda burgalarning barcha tur va oilalari vakillarining imkoniyatlari bir xil emas.
Burga oilasi vakillari ko’rsichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilarda parazitlik qilib o’lat infeksiyasini tarqatishda o’ta faollik ko’rsatadi. Tabiiy o’choqlarda o’lat mikroblari uni tarqatuvchilari va manbalari o’rtasida ma’lum o’zaro bog’liqlik munosabati vujudga keladi.
O’lat mikrobi kemiruvchi-manba (tashuvchi) hisobiga tabiatda saqlanib turadi. Tarqatuvchi (yuqtiruvchi) uchun ham kemiruvchi tanho manba hisoblanadi. O’lat enzootiyasi tabiiy o’choqlarda doim harakatda bo’lgan kemiruvchilar orasida uzluksiz kechadigan epizootiyalar tufayli mavjuddir. Epidemiyalar davrida qo’zg’atuvchilar burgalar organizmida ham jon saqlashi mumkin.
Bitlash (pedikulyoz) odamning qoni hisobiga kechadigan o’ziga xos parazitlik hodisasidir. Bitlashniig asosiy belgilari:
1. Qichish, qichinish, ba’zilarda allergiya belgilari bo’lishi.
2. Bitlarning tinmay chaqishi hamda ularning teriga ta’siri natijasida terining dag’allashishi.
3. Melanodermiya - bitlarning so’lagi ta’siri natijasida hosil bo’lgan to’qimadagi qonash va yallig’lanish hisobiga sodir bo’lgan pigmentatsiya.
4. Patak (yag’ir) juda kam uchraydigan, boshni qichish tufayli, soch tolalarining yiringli va serozli ajralmalarga yopishib so’ngra qotib kepak va bularning ostida nam qatlam hosil bo’lishidir. Qichinishlar, dermatit, ekzema kabi ikkilamchi teri kasalliklarini keltirib chiqaradi. Odamda kiyim-bosh va qov bitlarining uch turi mavjud. Kiyim-bosh bitlari toshmali tif, volin isitmasi va qaytalama tif kasalliklarida tarqatuvchi hisoblanadi.
Kiyim bitlari katta epidemiologik xavf tug’diradi. Chunki ular toshmali va qaytalama tiflarning qo’zg’atuvchilari mavjud qonni so’rib olgach, 4-7 kundan so’ng qo’zg’atuvchini bemordan sog’lom odamga yuqtirish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Toshmali tifda qo’zg’atuvchi bit oshqozonning yoki ingichka ichagining epiteliy xujayralariga joylashib ko’payadi va najas orqali tashqariga chiqadi.
Odamga toshmali tif va volin isitmasining yuqishi chaqishdan so’ng qichinish natijasida bo’lgan yulingan joylarda, bitning najasi tushganda yoki bitning o’zi ezib yuborilganda yuz beradi. Kiyimga o’tgan bitning najasida Provachek rikketsiyalari patogenlik xususiyati 3 oy va undan ko’p muddatgacha saqlanib turadi.
Qaytalovchi tifda spiroxetalar qon orqali bitning me’dasiga, so’ngra tanasiga o’tadi. Tanasida spiroxetalari bor bit qichish paytida ezib yuborilganda ushbu spiroxetalar odam terisining yuza qatlamlariga va shilliq pardalariga o’tadi.
Toshmali tif, qaytalama tif, volin isitmasi kabi bitlar orqali yuqadigan infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari bitning urg’ochisidan naslga transovarial o’tmaydi.
Qov biti amalda katta epidemiologik ahamiyatga ega emas. Ammo bosh va kiyim biti singari kuchli qichish beradi. Shuning natijasida bemorning tinchligi buziladi. Kuchli qichinish natijasida paydo bo’lgan mayda tilinishlar tufayli har xil yiringli kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. Odamda uning kiyimi, ko’rpa-yostiqlarida va boshqa narsalarida bit bo’lishi Shu oilada yoki jamoada sanitariya-ozodalik holati qoniqarsiz ekanligidan darak beradi.
Bitlar-hashoratlarning qon so’ruvchi turkumiga kiradi, odam va boshqa sut emizuvchilarga ektoparazit (tashqi manqurt) hisoblanadi.
Ushbu turkumning asosiy belgilari: tanasi ovalsimon yoki cho’zinchoq bo’lib, qorin va elka yo’nalishda yo’g’onlashgan kulrang jigar-rang tusda, yangi qon so’rgan bitlar qizg’ish qora rangga ega, boshi mayda bo’lib old tomoni ingichkalashgan ko’rinishli, besh bo’g’imli mo’ylovli, og’iz apparati sanchib so’ruvchi, ko’krak qismi silliq, qorin qismi 9-ta bo’g’imga bo’lingan, urg’ochilarida oxirgi qismi ikkiga ayrilgan, erkak bitlarda suyri shaklda bo’lib oxirgi uchta bo’g’im bo’ylab ustini xitin qoplagan, konussimon jinsiy a’zosi ko’rinib turadi. Oyoqlari kuchli besh bo’g’imli, tizzasi qabariq, panjasining uchida o’roqsimon shakldagi tirnoqlar bo’lib ular tizza qabarig’i tomon egilgan, o’z shakli bilan ombirni eslatadi va kiyimga yopishish imkonini beradi.
Erkak bitlar urg’ochilarga nisbatan kam bo’ladi. Bitlar tuxum qo’yuvchi hashoratdirlar. Tuxumlari (sirka) uzinchoq-ovalsimon shaklli, tepa qismi tekis qopqoq bilan berkitilgandek, sarg’ish, oq rangli, pastki qismi bilan soch tolasiga yoki matoning ip uchlariga tuxum qo’yish paytida urg’ochi bitning ajralmalari bilan yopishgan bo’ladi.
Rivojlanishning nojinsiy bosqichlari nimfalar - yetilgan bitlardan kichik jussasi, tashqi jinsiy a’zolarining yo’qligi bilan farqlanadi. Rivojlanishning tuxumlik davridan boshqa barcha bosqichlarida ho’jayin to’qimasi hisobiga yashaydi.
Bosh biti soch tolasining teriga yaqin qismiga yopishgan bo’lsa, kiyim biti asosan kiyimda bo’ladi. Odamlarga bitlagan odam bilan muloqotda bo’lganda o’tadi. Masalan: bolalar jamoasida (bolalar bog’chasi, internat, lager), yo’lovchisi zich bo’lgan ulovda (transportda), kiyim, ko’rpa-yostiq, choyshab, taroq va cho’tka kabi ashyolardan bir necha kishi umumiy foydalanganda ham o’tishi mumkin.
Katta yoshdagi odamlarga qov biti asosan jinsiy muloqot (yaqinlik) paytida, bolalarga kattalarning kiyimi, parvarish paytida o’tishi kuzatiladi.
Bosh va kiyim bitlari tashqi ko’rinishdan bir-biriga juda o’xshash bo’lib bir oilaga mansubdir.
Bosh biti boshning chakka, qanshar va tepa kabi sochli qismlarida yashab ko’payadi. Sovuqqa chidamsiz, tuxumi 5-9 kunda, o’rtachasi (lichinkasi) 15-17 kunda yetiladi. Yetilgan bosh biti 27-30 kun yashaydi. Urg’ochisi bir kunda 2-7 gacha, umri davomida 88 tadan 120 tagacha tuxum qo’yishi mumkin. Xo’jayin tanasini tark etgan bit bir kunga qolmay o’ladi.
Profilaktik va qirg’in keltiruvchi choralarga muntazam badanni toza tutish (kamida har 7-10 kunda 1 marta cho’milish), ichki kiyimni va ko’rpa-yostiq jildlarini almashtirib turish yoki ularni kir bo’lib ketishiga yo’l qo’ymasdan yuvib turish, muntazam ravishda sochni oldirish va har kuni tez-tez sochni tarash, Shu bilan birga ustki kiyim-boshlarni, ko’rpa-yostiqlarni, uy-ro’zg’or buyumlarni hamda xonalarni tozalikda ozoda saqlash kabi muolajalar kiradi.
Bitning (qaysi bosqichdaligidan qatiy nazar) borligi aniqlanganda dezinseksiya o’tkaziladi, ya’ni odamning tanasidagi, kiyimidagi ko’rpa-yostiqlaridagi va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridagi bitlar o’ldirilishi kerak.
Bit va uning tuxumlarini yo’qotishda o’tkaziladigan dezinseksiyada mexanik, fizik va kimyoviy usullari qo’llaniladi.
Bitlash darajasi kuchli bo’lmay, odamda (tuxumlari bilan birga hisoblanganda) 10 tacha bosh biti uchrasa, ularni yo’qotish uchun tishlari zich taroq bilan sochni tarash, sochni oldirish, tuk va junlarni qirish kabi mexanik usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Olingan sochlarni bitlari bilan birga yoqib yuborish maqsadida soch olinayotgan paytda kleyonka yoki qog’oz to’shab yig’iladi.
Sirkalardan tozalash uchun sochlarni tarashdan oldin boshni yaxshilab yuvish hamda uni ichimlik sirkasi yoki 5-10% sirka kislotasining ilitilgan eritmasi bilan chayish kerak. So’ngra tishlariga sirka eritmasi shimdirilgan paxtalik pilik yoki ip o’tkazilgan mayda taroq bilan soch bit sirkasidan tozalanadi.
Odam tanasida bit topilganda uning badani mochalka (surtgich) yordamida sovun surib issiq suvda yuviladi va bir yo’la ichki kiyimlar, ko’rpa-yostiq jildlari qaynatilib, qaynatilishi mumkin bo’lmagan kiyim-kechak va ko’rpa-yostiqlarning qaytarilgan joylariga issiq dazmol yurgiziladi.
Odamning sochli va tukli joylariga karbofosning 0,15% suvli eritmasi (bir kishiga 10-50 ml), benzilbenzonatning suvdagi sovunli 20%li suspenziyasi (10-30 ml), borat kislotasining 5% li surtmasi (10-25 %), kerosinning 10% suvli-sovun emulsiyasi (5-10 min) kabi insektitsidlar bilan ishlov beriladi. Bu ishlov berish payti 20-30 daqiqani tashkil etishi kerak.
Insektitsidlar bilan ishlov berilgach va yuvilgach soch sirka kislotasining 5-20% li suvli eritmasi bilan chayilishi lozim.
Bosh va kiyim biti bilan bitlagan paytda kasalliklar o’chog’ida boshqa vositalar topilmasa sun’iy davo moddasi hisoblangan butadionni qo’llash tavsiya etiladi. Butadion qabul qilgan odam qoni bosh va kiyim bitlariga 14 kungacha zaharli ta’sir qiladi. Katta yoshdagilarga butadion ichishga ovqatdan so’ng ikki kun ichida 0,15 dan 4 mahal belgilanadi. Sutkalik miqdori 0,6 dan oshmasligi kerak, 4 yoshgacha bo’lgan bolalarga butadion berilmaydi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga butadion 0,05 dan, 8 yoshdan 10 yoshgacha 0,08, 10 yoshdan yuqori bo’lgan bolalarga 0,12 ichish tavsiya etiladi. Yuqoridagi miqdorni ikki kun davomida kuniga 3 mahal belgilanadi.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling