O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Download 1.27 Mb.
bet38/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Salmonellyozlar antropurgik o’choqli infeksiya bo’lib, shartli patogen salmonellalar qo’zg’atuvchi qator o’tkir ichak yuqumli kasalligidir. Salmonellyozlar ichak faoliyatining buzilishi, umumiy intoksikatsiya, isitma va bakteriemiya bilan kechadigan yakka, guruhiy hamda epidemiya holda uchraydigan kasallikdir.
Infeksiya manbai bo’lib, turli hayvonlar, bemor odam va sog’lom bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Hayvonlar o’rtasida qoramollar, so’ngra cho’chqalar, mayda shoxli hayvonlar, otlar, parrandalar ayniqsa suv parrandasi (o’rdak, g’oz, dengiz qushi) katta ahamiyatga ega, tustovuq, tovuqlar va kemiruvchilar ham rol o’ynaydi.
Ayniqsa inson tomonidan go’shti va boshqa mahsulotlari iste’mol qilinadigan hayvonlar katta xavf tug’diradi. Hayvonlar o’rtasida salmonellalarni sog’lom tashuvchilik ko’proq uchraydi. Tekshiruv o’tkazilgan hayvonlarda (cho’chqalarda 24%, muShuklarda va ayniqsa itlarda 37% va hatto 70% gacha) sog’lom tashuvchilik qayd qilingan. Salmonellalar asosan ovqatlanish yo’li bilan go’sht va go’sht mahsulotlari, baliq, sut va sut mahsulotlari, tuxum orqali yuqadi.
Salmonellyozlarda profilaktika choralari quyidagi yo’nalishlarda o’tkaziladi:
1. So’yiladigan mollar ustidan veterinariya-sanitariya nazorati o’rnatish.
2. Mollarni so’yish, go’sht va boshqa mahsulotlarni saqlash va tashish jarayonida ozodalik qoidalariga rioya qilish.
3. Ayniqsa tez buzuluvchan mahsulotlar va tayyor taomlarni tarqatishda pazandalik qoidalariga rioya qilish.
4. Ovqatlanish sohasi, bolalar muassasalari xodimlari tomonidan hamda ro’zg’orda ozodalik qoidalariga rioya qilinishi kerak.
Zoonozlar guruhiga ornitozlar ham kiradi. ORNITOZLAR bu virusli infeksiyalar bo’lib, yakka, guruhiy hamda epidemiya shaklida, ko’proq qushlar bilan muloqotda bo’ladigan odamlar o’rtasida uchraydigan isitma va zotiljam ko’rinishida o’tadigan kasallikdir.
Infeksiya manbai bo’lib har xil qushlar xizmat qiladi. Ornitozning odamga yuqishi sinantrop (uy) parrandalari va qafasda saqlanadigan parrandalar bilan muloqotda sodir bo’ladi (tovuq, o’rdak, kaptar, to’ti, kanareyka).
Insonga ornitoz qushlardan turli yo’llar bilan infeksiya qo’zg’atuvchisining og’izga, konyuktivaga tushishi natijasida, qushning tuxumini pishirmasdan iste’mol qilganda, qushlar yumdalaganda yoki ifloslangan havodan nafas olgan hollarda yuqishi mumkin.
Ornitozning profilaktikasi - veterinariya-sanitariya va tibbiyot-sanitariyasi tadbirlarning majmuasini amalga oshirishga asoslanadi.
Muddati 6 oydan kam bo’lmagan karantin o’rnatiladi. Karantin mobaynida har xil vaqtda keltirilgan qushlar alohida saqlanishi kerak.
Parrandachilik va qushlar parvarish qilinadigan xo’jaliklar va binolarda uy va yovvoyi qushlarning muloqoti cheklanmog’i lozim.
Chorvachilikning rivojlanishi, cho’llarning o’zlashtirilishining kengayishi epidemik nazoratni kuchaytirish, zoonozlarni odamlarga yuqishining oldini oladigan choralarning samaradorligini oshirish, chorvachilik xo’jaliklarida epizootik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Bularning barchasi epidemiologik nazoratni qo’llash bilan bajariladi.
Epidemiologik nazorat zoonozlarda kasalliklarning dinamikasi, qo’zg’atuvchining biologiyasi, etiologiyasi, geografiyasini, hayvon-xo’jayin sifatida kasallik manbaini tarqatuvchi hashoratlarni hamda hayvonlar va odamlar orasida tarqalgan infeksiyaning hududlarini aniqlash kabi epidemik jarayonning qismlarini o’z ichiga qamrab olgan holda o’tkazilishi lozim.


Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling