O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Tabiiy mintaqalar va ularda uchraydigan zooantroponoz kasalliklar


Download 1.27 Mb.
bet35/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

Tabiiy mintaqalar va ularda uchraydigan zooantroponoz kasalliklar



Tabiiy mintaqalar

Kasalliklar

Tundra, o’rmontundra

Toun, lentospiroz (bular boshqa mintaqalarda ham uchraydi)

Tayga, aralash o’rmonlar, uzoq sharq o’rmonlari

Kana ensefaliti, buyrak gemorragik isitmasi

O’rmon dasht

Kana rikketsiozi, gemorragik isitmalarning har xil turlari

Cho’l

O’lat, kanali rikketsioz, Ku-isitmasi

Yarimdasht, mo’tadil va subtropik mintaqa dashti

O’lat, kana spiroxetozi, teri leyshmaniozi, Ku-isitmasi

O’rta er dengizi mintaqasi

Kalamush-burga rikketsiozi,
Marsel isitmasi, Qrim gemorragik isitmasi

Kemiruvchilar misolida insonga bog’liq bo’lmagan kasallik qo’zg’atuvchilari rezervuarlaridan birini ko’rib chiqamiz.


Kemiruvchilar - sut emizuvchilar sinfiga mansub turkumdir. Er yuzida 800 ga yaqin turi uchraydi. Tabiatda o’lchami 5 sm gacha bo’lgan sichqonlardan to bo’yi 1 m keladigan ulkan kemiruvchilar mavjud.
Kemiruvchilar bosh suyagining tuzilishiga va tishining tuzilishiga qarab farqlanadilar (oziq tish bo’lmasligi, kuraktishlar yoysimon iskanaga o’xshash bo’lib, ikki juftdan bo’lishi mumkin). Bu tishlarning birlashgan ildizi bo’lmaydi, ammo kemiruvchining butun umri davomida o’sish qobiliyatiga ega bo’lganligi tufayli dag’al ovqatlar iste’mol qilinganda yoki erni kavlaganda emiriladigan tishlar o’rni to’ldirilib boradi. Kurak va ildiz tishlari o’rtasida tishsiz oraliq (diastema) mavjud. Ildiz tishlar uqalanib, o’simlik oziqlarni parchalashni osonlashtirishga moslashgan.
Sobiq ittifoq hududida 140 tur, ya’ni barcha mavjud sut emizuvchilarning yarmini kemiruvchilar tashkil etadi. Har bir tabiiy mintaqada shu yerning o’ziga xos kemiruvchilar vakili bor: dashtlarda -qumsichqon, qo’shoyoq, o’rmonlik mintaqada - olmaxon, o’rmon sichqoni va dalasichqoni, cho’llarda - dalasichqoni va yumronqoziq, daryolar atrofidagi vodiylarda - ondatra, suv kalamushi, qunduzlar ko’proq uchraydi.
Kemiruvchilarda sharoitga moslashuv xususiyati yaqqol ko’zga tashlanadi. Olmaxon, o’rmon sichqoni, dalasichqonlar daraxtlarga tirmashib chiqish qobiliyatiga ega. Cho’llardagi kemiruvchilarning vakillari bo’lmish dalasichqon, sug’ur, yumronqoziqlar yer osti inlarda yashab, yer yuzida oziqlanishga moslashgandirlar.
Osiyo dashtlarining vakili bo’lgan yirik qumsichqonlar ko’p sonli yer osti yo’llaridan va o’nlab, ba’zan yuzlab yer yuziga chiqadigan teshiklari bo’lgan yer osti inlar (boshpanalar) da yashashadi. Odatda shunga o’xshagan murakkab inshootlarda qishga oziq g’amlab qo’yish uchun bir nechta inxujra va omborxonalar bo’ladi. Yirik qumsichqonlarning yer osti inlarining chuqurligi 2 - 2,5 metrgacha bo’lib, unda 2 dan 6 gacha yoki undan ham ko’proq qumsichqon yashaydi.
Suv havzalarida yashovchi kemiruvchilar organizmi suzishga moslashgandir. Barmoqlar orasidagi pardalar, qunduzda esa bulardan tashqari eshkaksimon dum bo’lishi shu fikrning dalili bo’la oladi.
Kemiruvchilarning inshootlarda (yerosti inlari va uyalari) yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi ektoparazitlarning yashashi, ko’payishi hamda hayvonlar o’rtasida tarqalishi imkoniyati yaxshi bo’lganligi tufayli ham kemiruvchilar katta epidemiologik ahamiyatga egadirlar. Iqsod, gamaz va qiziltanachali kanalar, burgalar inson va hayvonlar kasalliklarini qo’zg’atuvchilarini tarqatuvchi hamda o’zida saqlovchi boshqa bo’g’imoyoqlilar kemiruvchilarga boqimanda hisoblanadilar.
Ko’pgina kemiruvchilar o’simlik mahsulotlari bilan oziqlanadilar. Ularning katta guruhi (sug’ur, yumronqoziq, qo’shoyoq) noqulay iqlim sharoit tug’ilganda (yozgi qurg’oqchilik, qish) uyquga (karaxtlik) ketadilar. Sariq yumronqoziq kabilar esa yil davomida 9 oy uxlashlari mumkin.
Kasallik qo’zg’atuvchilarini yuqtirib olgan yumronqoziq va sug’urlar organizmida uyqu davomida kasallik yaqqol namoyon bo’lmay, latent (yashirin holda) kechadi, ammo bedorlik boshlanishi bilan yaqqolmas infeksiya (misol uchun o’lat) yaqqol ko’rinishiga o’tib kemiruvchini halok etishi mumkin. Ushbu holat kasallik qo’zg’atuvchilarini tashuvchi kemiruvchilar hisobiga epizootiyalar davrida qo’zg’atuvchilarning tabiatda uzluksiz saqlanishiga imkon yaratadi.
Yirik qumsichqonlar karaxtlikka o’tmay, yil davomida faol bo’lishadi. Ular kunduz faol hayvonlar. Ko’payishi erta bahor (mart)da boshlanib butun yoz davom etadi. Urg’ochi qumsichqon bir yilda 3 marta bolalashi va har safar 5-6 tagacha bola tug’ishi mumkin.
Kemiruvchilarning ko’payishi va ularning soni tashqi muhit sharoitlariga bog’liqdir. Masalan, o’nlab, ba’zan yuzlab kilometr keladigan masofaga ko’chib yuruvchi (olmaxon) kemiruvchilar sustroq ko’payadilar. Kemiruvchilar inson va uy hayvonlari hayoti uchun katta xavf soluvchi yuqumli kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini o’z organizmida saqlaydilar va tarqatadilar. Ular tasmasimon va chuvalchangsimon parazitlarning ayrim turlari uchun oraliq xo’jayin vazifasini o’tashi mumkin.
Yirik qumsichqon o’tkir nekroz bilan kechadigan teri leyshmaniozi kasalligi qo’zg’atuvchisining manbai hisoblanadi. Leyshmanioz qo’zgatuvchisining asosiy tarqatuvchisi mayda iskabtopar chivindir (Rh. papparatasi), Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari aholisi o’rtasida o’tkir nekrozli teri leyshmaniozi kasalligi uchrab turadi. Shuningdek, bu kasallik 1960 yildan boshlab Sirdaryo viloyatida, 1967 yildan esa Qoraqalpog’istonda ham qayd etilmoqda.
Surxondaryo va Qorasuv daryolari oralig’ida uchraydigan uysichqon, Mirzacho’l o’chog’idagi choshgoh qumsichqon va ingichkaoyoq yumronqozig’i, juftoyoq va shalpangquloq tipratikon leyshmaniozda qo’shimcha manba bo’lib xizmat qiladilar. Kemiruvchilar tabiiy o’choqlarda katta rol o’ynaydi. Kemiruvchilar orasida topilgan infeksiyalar haqidagi ma’lumot 16-jadvalda berilgan.


16-jadval

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling