O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 3. EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA- TADBIRLARI


Download 1.27 Mb.
bet23/153
Sana16.02.2023
Hajmi1.27 Mb.
#1204497
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153
Bog'liq
эпид китоб лотин

MAVZU 3. EPIDEMIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA- TADBIRLARI
1. Maqsad:
Talabalarni epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar, ularning maqsadi, mohiyati, qo’llanish usullari bilan tanishtirish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt - 5 soat amaliy mashg’ulot.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1. Kirish so’zi va talabalarning shu mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlash.
3.2. Amaliy mashg’ulot savollarini muhokama qilish:
a) Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini yo’nalishiga, epidemik jarayonning qaysi zvenosiga ta’sir ko’rsatishiga va boshqa alomatlariga qarab guruhlarga bo’lish.
b) Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarning asosiy manbalari, ya’ni odamlar yoki hayvonlarga nisbatan olib boriladigan tadbirlar.
v) Kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan qo’llaniladigan choralar.
g) Yuqumli kasallik sog’lom odamlarga yuqib qolganda uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar: reja asosida emlash va shoshilinch emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish.
d) Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan qo’shimcha tadbirlar (dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar).
3.3. Xulosa.
4. Mashg’ulotda o’rganiladigan savollar.
4.1. Epidemiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari haqida tushuncha.
4.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish va yuqumli kasallik paydo bo’lganda epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlarning o’rtasidagi farq nisbiy ekanligi.
4.3. Yuqumli kasallikni qo’zg’atuvchilarining asosiy manbalariga nisbatan olib boriladigan tadbirlar. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni vaqtida aniqlash usullari, bemorni ajratib qo’yish, davolash, antroponoz kasalliklarning tarqalishiga qarshi bemorlar uchun cheklovchi va tartib choralarini qo’llash, zoonoz kasalliklar uchun esa sanitariya va veterinariya qoidalariga amal qilish va kemiruvchilarga qarshi bo’lgan tadbirlar.
4.4. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llari va yuqish omillariga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlar: sanitariya-gigiyena, dezinfeksiya, sterilizatsiya va dezinseksiya tadbirlari.
4.5. Yuqumli kasallik yuqib qolgan holda uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar: zudlik bilan emlash va reja asosida emlash orqali yuqumli kasalliklarning oldini olish.
4.6. Yuqorida ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarga oid bo’lgan umumiy tadbirlar: laboratoriyada tekshirishlar, sanitariya-maorif ishlari.
4.7. Epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar.
5. Ushbu mavzu bo’yicha talabalar quyidagilarni bilishlari shart:
5.1. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan asosiy chora-tadbirlar.
5.2. Yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun qo’llaniladigan profilaktik tadbirlar bilan epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan chora-tadbirlar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlay bilish.
5.3. Epidemiyaga qarshi kurashish kuchlari va vositalari.
5.4. Epidemiyaga qarshi kurashish uchun qo’llaniladigan dispozitsion va ekspozitsion tadbirlar.
6. Talabalar o’rganishlari lozim bo’lgan amaliy malakalar:
6.1. Yuqumli kasallik bilan og’rigan bemorlarni, bakteriya tashuvchilarni aniqlash usullarini bilish, bemorlarni ajratib qo’yish va kasallik tarqalishini cheklovchi chora-tadbirlarni amalda qo’llay bilish.
6.2. Yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchilarining manbaiga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni tashkil etish va ularni amalda qo’llay bilish.
6.3. Yuqumli kasalliklarning yuqish yo’llariga va yuqtirish omillariga nisbatan qo’llaniladigan chora-tadbirlarni amalda qo’llash.
6.4. Rejali va shoshilinch emlashning yuqumli kasalliklar profilaktikasida tutgan o’rni va bunday emlashlarning kasalliklarni kamaytirishdagi ta’sirini baholay bilish.
7. Talabalarning mustaqil ishi.
7.1. Ushbu mavzu yuzasidan axborot uchun ma’lumotlar, ma’ruzalar va adabiyotlar bilan tanishtirish.
7.2. Epidemiyaga qarshi kurashish tizimining sxemasini tuzish.
7.3. Epidemiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar ro’yxatini tuzish.
7.4. Tanlangan belgilarga asosan epidemiyaga qarshi qo’llaniladigan qo’shimcha tadbirlarni o’rganish.
7.5. Epidemiyaga qarshi kurashish tadbirlari, epidemik jarayonning rivojlanishi uchun shart bo’lgan uchta omilga (infeksiya manbai, qo’zg’atuvchining yuqish mexanizmi va o’sha kasallikka moyil aholiga) bog’liqligini ko’rsatib berish.
7.6. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimini, yuqumli kasalliklarning oldini olish va epidemiya o’choqlarini tugatish tadbirlarini aytib berish.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling