Epidemioloshk diagnostika uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlar
(hujjatlar)
1. Kasallik o’chog’ida o’tkazilgan epidemiologik tekshiruv haqidagi aktlar va kartalar.
2. Aholi yashayotgan joyning va shu joydagi ob’ektlarning sanitariya ahvoli haqidagi ma’lumotlar.
3. Yuqumli kasalliklar ro’yxatga olinadigan daftar (yashash joyida, ish joyida, bolalar muassasalarida va boshqa joylarda),
4. Dispanser nazorati haqidagi hujjatlar.
5. Profilaktik emlash haqidagi hujjatlar.
6. Kasallik tarixi va ambulatoriya kartalari.
7. Bakteriologik va sanitariya-bakteriologik tekshiruvlar natijalari.
8. Immunologik (allergologik) tekshiruvlarining natijalari.
Epidemiologik diagnozning bosqichlari.
Epidemiologik diagnoz dastlab shu diagnozning mohiyatini, maqsadini va hal etiladigan masalalarni aniqlab olishdan boshlanadi, keyinchalik epidemiologik diagnoz qo’yish dasturi va qilinadigan ishlar hajmi aniqlanadi (9 -jadval).
9-jadval
Epidemiologik diagnozning bosqichlari
Epidemiologik diagnozning mohiyatini, maqsadini, hal qilinadigan masalalarni aniqlab berish
|
Epidemiologik diagnoz qo’yish dasturini va qilinadigan ishlar hajmini aniqlash
|
Kerakli ma’lumotlarni to’plash uchun lozim bo’ladigan jadvallarni tayyorlash
|
Kerakli ma’lumotlarni to’plash
|
To’plangan ma’lumotlarni guruhlarga ajratib o’rganish
|
To’plangan ma’lumotlarni statistika nuqtai-nazaridan qayta ishlash
|
To’plangan ma’lumotlar asosida fikr yuritish va epidemik jarayonga xos bo’lgan belgilarni aniqlash, kasallikning kelib chiqishi va tarqalishidagi asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish
|
Epidemiologik diagnozni asoslash
|
Kasallikni kelajakda qanday darajada uchrashi mumkinligi to’g’risida prognoz berish
|
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu kerakli ma’lumotlarni to’plash bo’lib, buning uchun maxsus jadvallar tayyorlanib, shu jadvallarga kerakli ma’lumotlar yoziladi va bu ma’lumotlarni keyinchalik guruhlarga ajratilib statistika nuqtai nazardan qayta ishlanadi va shu ma’lumotlar asosida diagrammalar tayyorlanadi.
Epidemiologik diagnozning keyingi bosqichi bu to’plangan ma’lumotlar asosida fikr yuritib, epidemik jarayonga xos bo’lgan belgilarni aniqlash, ushbu kasallik kelib chiqishi va tarqalishidagi asosiy sabablar haqidagi ilmiy farazni shakllantirish va shu ma’lumotlarga asoslanib kasallikning kelajakda qanday darajada uchrashi mumkinligi to’g’risida prognoz berishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |