О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Odam organizmi tuzilishi va rivojlanishining hayvonlarga o‘xshashligi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Odam organizmi tuzilishi va rivojlanishining hayvonlarga o‘xshashligi.
Odam organizmining rivojlanishi ham hayvonlar singari urugiangan bitta 
tuxumhujayradan boshlanadi. Odam embrioni rivojlanishining dastlabki davrlarida 
barcha xordalilar uchun xos bo'lgan xorda, nerv nayi, ichak paydo bo'ladi. So‘ngra 
embrionda asta-sekin baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib 
yuruvchilar, sutemizuvchilar, primatlar, odamsimon maymunlar va pirovardida 
odam embrioniga xos belgilar paydo bo'ladi.
Odam organizmi rivojlanishida bolalik davri nisbatan uzoq davom etadi. 
Bu davr odam hayotining beshdan bir qismini tashkil etadi. Odamsimon may- 
munlarda voyaga yetish davri nisbatan qisqa bo‘lib, ular hayotining 6-13 dan bir 
qismini tashkil etadi.
Solishtirma anatomiya, embriologiya, fiziologiya, genetika, molekular bio­
logiya odamni gorilla va ayniqsa, shimpanzega ko‘proq o‘xshashligini ko‘rsatadi. 
Xususan, odam va odamsimon maymunlarning dumi bo'lmaydi, ularning ko'z, 
quloq va teri tuzilishi, qon guruhlari, kasalliklari, parazitlari ham, shuningdek, 
odam va hayvonlarda shartli reflekslarning hosil boMishi va so'nishi ham o‘xshash 
bo'ladi. Hayvonlarda ham sodda aql-idrok bo'lishi to‘g‘risida aytib o'tilgan edi. 
Lekin odamda aql-idrok hayvonlarga nisbatan yaxshi rivojlangan bo'lib, tafakkurga 
aylangan,
Tafakkur so‘z orqali ifodalanadi. So'zlar orqali odam atrof-muhitdagi narsa va 
hodisalami, o'z kechinmalarini umumlashtiradi, ya’ni fikrlaydi. Shuning uchun 
ham ularning tuzilishida o‘xshashlik bilan birga, farq qiluvchi belgilar ham 
bo'ladi. Xususan, odam bosh miya skeleti yuz skeletiga nisbatan ancha yirik, 
umurtqa pog'onasida bo'yin, ko'krak, bel va dumg‘aza egikliklari rivojlangan;
182


tovoni gumbaz shaklida, ko‘krak qafasi yassi, bosh miya katta yarimsharlari yirik, 
yarimsharlari po‘stloq qismida ilonizi burmalari ko‘p bo'ladi.
Akseleratsiya. So'nggi yillarda odam organizmi jismoniy va fiziologik rivoj- 
lanishining tezlashuvi kuzatilmoqda. Masalan, bo‘yning o‘rtacha uzunligi so'nggi 
100 yil davomida chaqaloqlarda 5 cm, o‘smirlarda 10-15 cm, o‘rtayoshli erkaklarda

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling