О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Giyohvandlikning oliy nerv faoliyatiga ta’siri


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Giyohvandlikning oliy nerv faoliyatiga ta’siri. Narkotik moddalar dastlab 
xursandchilik va xotirjamlik hissini uyg‘otib, kayf qildiradi. Keyinroq organizm 
bu moddalarga ko‘mkib qolishi oqibatida giyohvandlik kelib chiqadi. Narkotik 
moddalarni muntazam iste’mol qilish organizmni zaharlaydi. Giyohvandlikda 
dastlab tajanglik, xotira buzilishi kuzatiladi. Keyinchalik chuqur jismoniy o‘zga- 
rishlar: yurakdagi o‘zgarishlar, og‘iz qurishi, terlash, qo‘l va oyoq titrashi, k oz 
qorachig‘ining kengayishi kabi holatlar paydo bo'ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Nerv faoliyati tiplarini ularga mos belgilar bilan juftlab yozing: A - xolerik, 
В - sangvinik, D - flegmatik, E - melanxolik; 1 - kuchli, muvozanatlashgan, 
harakatchan, 2 - kuchsiz, muvozanatlashmagan, 3 - kuchli, muvozanatlashmagan, 
harakatchan, 4 - kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat.
2. Nerv faoliyati tiplarini ularga mos kelgan kishilar xarakteri bilan juftlab yozing: 
A - xolerik, В - sangvinik, D - flegmatik, E - melanxolik; 1 - kamharakat, 
xatti-harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, 2 - hozirjavob, vaziyatni 
tez baholaydigan, xushchaqchaq va xushmuomala, 3 - serharakat, urishqoq, tez 
o^rtoqlashadigan va urishib qoladigan, arzimas narsaga xafa boladigan, 4 - yuvosh, 
vazmin, har bir ishni o'ylab, oxirigacha bajaradigan.
0 ‘ylab javob bering:
Mast odamning qo‘l-oyoqlari harakati va nutqida aniqlik yo‘qoladi. Bu holat 
alkogolning nerv sistemasi qaysi qismlariga ta’siri bilan bog‘liq?
156


XII BOB. SEZGI ORGANLARI
52-§. Sezgi organlarining ahamiyati
Sezgi organlari to‘g‘risida umumiy ma’lumot. Markaziy nerv sistemasiga 
tashqi va ichki muhitda sodir bolib turadigan barcha jarayonlar to‘g‘risida axborot 
kelib turadi. Bu axborot sezgi organlari orqali qabul qilinadi. Har bir sezgi 
organi faqat muayyan turdagi ta’sirot idrok etilishini ta’minlaydi. Masalan, ko‘z 
yoruglikdan, quloq tovushdan ta’sirlanadi.
Sezgi organlarida joylashgan retseptorlar tashqi va ichki muhitdan keladigan 
ta’sirni nerv impulslariga aylantiradi. Retseptorlarning har biri muayyan ta’sirni 
qabul qilib, nerv signallariga aylantiradi (78-rasm), Retseptorlar o‘z ta’sirlovchisiga 
juda sezgir bo'ladi. Masalan, ko‘z retseptorlari bir kvant yoruglikda ham ko'rish 
sezgisim hosil qiladi. Quloqning nog'ora pardasi tovush vodorod atomidan o‘n 
marta kichik masofaga siljiganida ham retseptorlarda tovush signallari hosil 
bo‘ladi. Hidli moddaning bir necha molekulasi hid bilish retseptorlarida qo‘zg‘alish 
paydo qiladi.
Sezgi organlari tashqi muhit ta’sirini qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi 
hosil bolishi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv markazlari bilan bog‘- 
liq. Sezgi organlari organlar faoliyatini 
nazorat qilib va boshqarib turadi. Masa­
lan, odam svetofoming qizil chirog‘iga 
to‘xtaydi, tanish ovozni eshitib, o‘girilib 
qaraydi, gaz hidini sezganida oshxonadan 
xabar oladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling