Kuchli, muvozanallashgan,
kamharakat (flegmatik) tipdagilar yuvosh va
vazmin bo‘lishadi. Ular har bir ishni o'ylab, oxirigacha bajarishadi. I P. Pavlov
bunday odamlarni «hayot zahmatkashlari» deb atagan.
Kuchsiz, muvozamtlashmagan, melanxolik tipdagi odam kamharakat,
uning
xatti-harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, lekin tashqi tomondan
ko'zga tashlanmaydi. Ular nozik ishlarni
qoyil qilib bajarishadi,
Nerv sistemasi ota-onadan irsiylanadigan belgi bo‘lib, atrof-muhit va tarbiya
orqali o‘zgaradi. Temperament «sof holatda» kam uchraydi. Masalan, flegmatikda
xolerikka o‘xshash achchiqlanishni, xolerikda har xil sabablar ta’sirida nerv
sistemasining chuqur tormozlanishini kuzatish mumkin.
Temperament yaxshi yoki
yomon bolmaydi. Atoqli kishilar orasida barcha tip vakillari uchraydi.
Nevroz. Nerv sistemasi faoliyatiga odam yashaydigan va mehnat qiladigan
muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir aqliy mehnat, oiladagi urush va janjallar,
ishxonadagi kelishmovchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning
kayfiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, odamni
nevrozga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: