О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Nerv faoliyati tiplari, nerv sistemasi gigiyenasi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

51-§. Nerv faoliyati tiplari, nerv sistemasi gigiyenasi
Oliy nerv faoliyati tiplari. Odamlarda bosh miya yarimsharlari nerv mar- 
kazlarining qo‘zg‘aluvchanligi va tormozlanish kuchi, ularning tarqalish tezligi bir 
xil bolmaydi. Shuning uchun ular aynan bir xildagi voqea va hodisaga turli nuqtayi 
nazardan qarashadi. Odamning faolligi, harakatchanligi, barcha his-tuyg‘ularining 
majmuyi uning temperamentini tashkil etadi. Bundan 2500 yil oldin Gippokrat 
taklif etgan klassifikatsiyasiga asosan odamlar xolerik (muvozanatlashmagan, oson 
qo‘zg‘aluvchan), sangvinik (muvozanatlashgan, optimist), oson qo‘zg‘aluvchan, ya’ni 
flegmcttiklar (muvozanatlashgan) va melcmxolik (muvozanatlashmagan) tiplarga 
ajratiladi. I.P. Pavlov odam nerv sistemasini kuchli va kuchsiz tiplarga ajratgan. U 
kuchli tipni muvozanatlashmagan va muvozanatlashgan tiplarga, muvozanatlashgan 
tipni harakatchan va harakatsiz tiplarga ajratgan.
Kuchli, muvozanatlashmagan (xolerik) tipdagi odamlar kuchli ta’sirchan, 
xulq-atvori murakkab bo'ladi. Ular serharakat, urushqoq, tez o'rtoqlashadigan va 
urushib qoladigan, arzimas narsaga xafa boiadigan, vaqti xush bolganida o‘z- 
o‘zidan kuladigan, o‘zicha ashula xirgoyi qilib yuradigan bolishadi,
Kuchli muvozanatlashgan, harakatchan (sangvinik) tipdagilar hozirjavob, 
vaziyatni tez baholaydigan, xushchaqchaq va xushmuomala boladi.
154


Kuchli, muvozanallashgan, kamharakat (flegmatik) tipdagilar yuvosh va 
vazmin bo‘lishadi. Ular har bir ishni o'ylab, oxirigacha bajarishadi. I P. Pavlov 
bunday odamlarni «hayot zahmatkashlari» deb atagan.
Kuchsiz, muvozamtlashmagan, melanxolik tipdagi odam kamharakat, uning 
xatti-harakati ishonchsiz, his-tuyg‘usi chuqur va turg‘un, lekin tashqi tomondan 
ko'zga tashlanmaydi. Ular nozik ishlarni qoyil qilib bajarishadi,
Nerv sistemasi ota-onadan irsiylanadigan belgi bo‘lib, atrof-muhit va tarbiya 
orqali o‘zgaradi. Temperament «sof holatda» kam uchraydi. Masalan, flegmatikda 
xolerikka o‘xshash achchiqlanishni, xolerikda har xil sabablar ta’sirida nerv 
sistemasining chuqur tormozlanishini kuzatish mumkin. Temperament yaxshi yoki 
yomon bolmaydi. Atoqli kishilar orasida barcha tip vakillari uchraydi.
Nevroz. Nerv sistemasi faoliyatiga odam yashaydigan va mehnat qiladigan 
muhit sharoiti katta ta’sir qiladi. Og‘ir aqliy mehnat, oiladagi urush va janjallar, 
ishxonadagi kelishmovchiliklar odamning nerv sistemasiga ta’sir etib, uning 
kayfiyatini buzadi. Agar bunday ta’sir uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, odamni 
nevrozga olib kelishi mumkin.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling