О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Nevroz - nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog'liq og'ir


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Nevroz - nerv sistemasi oliy nerv faoliyatining buzilishi bilan bog'liq og'ir 
ruhiy xastalik. Kasallik ruhiy shikastlanish oqibatida paydo boladi. Qayg‘u, 
ranjish, qo‘rquv, qiyinchiliklar tufayli kelib chiqadigan umidsizlik hissiyotlari 
nevroz sababchisi bo'ladi. Bemor serjahl, o‘zidan va bosqalardan norozi bolib 
yuradi. Agar davolanmasa kasallik yana ham og‘irlashadi.
Bolalarda nevrozning paydo bo‘lishi. Bolani go‘daklikdan qattiqqo‘llik bilan 
tarbiyalash, tahqirlash uning qiziqishi va erkini mensimaslik, unda qo‘rqoqlik, 
ju r’atsizlik, o‘ziga ishonmaslikni keltirib chiqaradi. Bu hoi uning o‘z tengqurlariga 
qo‘shilishiga xalaqit berib, nevrozga olib keladi.
Bolaga ortiqcha mehribonlik, uning har qanday istagini bajo keltirish, o‘rinsiz 
maqtashlar, ya’ni arzanda qilib o‘stirish ham nevrozga olib keladi. Bunday bola o‘z 
shaxsiga bino qo‘ygan, lekin irodasiz, mehnat va qiyinchiliklarga ko‘nikmagan, 
tnjiq bo‘lib o'sadi.
Nevrozning oldini olish uchun bolani to‘g‘ri tarbiyalash, uni chiniqtirish, sport 
va badantarbiya bilan shug‘ullantirish, aqliy va jismoniy mehnatni birga olib 
borish. mehnat qilish va dam olish rejimiga rioya etish lozim.
Alkogolizmning oliy nerv sistemasiga ta’siri. Alkogol barcha organlarga, 
ayniqsa, yarimsharlar po‘stlog‘iga kuchli ta’sir qiladi. Alkogol markaziy nerv
155


sistemasida qo‘zg‘alish va tormozlanish holatlarining bir me’yorda kechishini izdan 
chiqaradi, shartli reflekslar hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, bosh miyaning ay rim 
qismlarini qo‘zg‘atib, kayfiyatni ko'taradi. Lekin miya po‘stlog‘i quyi markazlari 
ishini buzadi. Shuning uchun ichgan odam tortinmasdan o‘zi qilmagan ishlarga 
qo‘l uradi, ko‘p gapiradi.
Alkogolning ko‘p miqdori oliy nerv faoliyatini izdan chiqarib, qo‘l, oyoq, 
til, ko‘z harakatlari aniqligini buzadi. Odam gandiraklab, tili g‘uldurab qoladi. 
Alkogolning muntazam iste’mol qilinishi alkogolizmga olib keladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling