О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Oyparastlik va letargik uyqu


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Oyparastlik va letargik uyqu kasallik hisoblanadi. Oyparastlikda odam tunda 
uyqudan turib yuradi, har xil ishlarni bajaradi, ba’zan devor ustida yuradi yoki 
ko'chaga chiqib, qaytib kelib yotadi. Ertasiga hech narsani eslay olmaydi,
Letargik uyqu to‘satdan chuqur uyquga ketishdan iborat. Bu holat nerv 
sistemasining o‘ta qo‘zg‘aluvchanligi va tormozlanish, o‘ta charchash, bosh miya­
ning shikastlanishi, kuchli hayajonlanish, qattiq qo'rqish va chuqur qayg‘u bilan 
bog‘liq bolishi mumkin. Letargik uyquda nafas olish va yurak urishi sekinlashib 
qoladi. Odam hech narsani, hatto ogYiqni ham sezmaydi. Letargik uyqu bir necha 
soat, kun, hafta, oy va hatto yillar davom etishi mumkin. Uyg‘onish ham xuddi 
uyquga ketish singari to‘satdan sodir bo'ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Uyqu holatlari va ularga mos javoblami juftlab yozing: A - uyqu, В - uyqu fazalari, 
D - sekin uyqu, E - tez uyqu, F - uyqusizlik; 1 - tez-tez va chuqur nafas olinadi, tush 
fantaziyaga boy bo'ladi, 2 - fiziologik jarayonlar sekinlashib, muskullar bo'shashadi, 
tush ko'rish mantiqli bo'ladi, 3 - nerv sistemasini toliqishdan saqlaydigan himoya 
tormozlanishi, 4 - sekin uyqu, tez uyqu, 5 - uyquning buzilishi,
153


2. Uyqu xillari va ularga xos xususiyatlarni juftlab yozing: A - fiziologik, В - narkotik, 
D - letargjk, E - gipnotik uyqu, F - oyparastlik; 1 - to'satdan chuqur uyquga ketish,
2 tunda uyqudan turib yurish, 3 normal uyqu, 4 odam ta’sirida yuzaga keladi,
5 - kimyoviy moddalar ta’sirida yuzaga keladi.
Masalani yeching:
Odam umrining uchdan bir qismini uyquda o'tkazadi. Agar shunday bo'lsa, o‘rta 
yoshli (72 yosh) odam umrining qanchasini uyquda o'tkazgan bo‘ladi?
0 ‘ylab javob bering:
Odatda, uyqudagi ko‘pchilik nerv markazlari tormozlangan holatda bo'ladi:
1. Uxlayotgan ona o‘z chaqalog‘ining bezovtalanishini qanday qilib sezadi?
2. Nima sababdan gipnotik uyquga kirgan kishi gipnozchining barcha buyruqlarini 
beixtiyor bajaradi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling