49-§. Xotira
Xotiraning ahamiyati. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini,
eshitgan yoki
guvohi bo‘lgan voqea va hodisalarni ma’lum vaqt davomida eslab qoladi. Odam
eslab qolish tufayli o‘rganadi.
Xotira - shaxsiy tajribaning to‘plcmib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta
hosil qilirushidan iborai. Xotira markaziy nerv sistemasida sodir bo‘ladigan xilma-
xil va murakkab jarayonlar bilan bog‘liq.
0 ‘rganish xotira orqali amalga oshadi.
Xotira turlari. Odamning nimani eslab qolishiga ko‘ra xotira 4 xilga bo‘linadi.
Harakat xotirasi turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish,
raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni o‘rganib olishdan
iborat. Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining
tepa qismi bilan
bog‘liq.
Obrazli xotira odamlar qiyofasi, tabiat ko'rinishlari, musiqa ohangi va nar-
salar hidini eslab qolishga yordam beradi.
Obrazli xotira artistlar, musawirlar,
yozuvchilar, bastakorlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Obrazli xotira bosh miya
yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish
markazlarida
qoladigan izlar bilan bog‘liq.
Emotsional (hissiyotli) xotira odamning o‘z boshidan o'tkazgan his-tuyg‘ularini
esda saqlab qolishdan iborat. Emotsional xotira hamma odamda rivojlangan bo‘ladi.
Bunday xotira hissiy qo‘zg‘alishda ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog'liq.
Emotsional xotira tufayli boshqa odamning boshidan o'tganlarini his etib, unga
hamdard bo‘lamiz.
Og'zaki xotira o'qilgan va eshitilgan so'zlarni esda saqlab qolishdan iborat.
Xotiraning barcha turlari o‘zaro bog‘liq. Odatda, har qanday axborot bir necha
xotira ishtirokida chuqurroq eslab qolinadi.
Xotira
uzoq va qisqa muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Uzoq muddatli
xotira izi uzoq vaqt, ba'zan umrbod saqlanib qoladi.
Ixtiyorsiz xotira odamning
xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Odatda, kuchli taassurot qoldiradigan, odam uchun
muhim bo‘lgan narsalar va hodisalar eslab qolinadi.
Ixtiyoriy xotira odamning
muayyan narsa va hodisalarni eslab qolishga urinishi, buning uchun maxsus
metodlardan foydalanishi bilan bog'liq. Xotira 25 yoshlarda eng yaxshi rivojlangan
bo‘ladi, 50 yoshgacha yaxshi saqlanadi. Shundan so‘ng asta-sekin pasayib boradi.
Kasbiy xotira uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: