Xotiraning fiziologik tabiati. Xotira bosh miya yarimsharlari po\stloq qis-
midagi markazlar bilan bog‘liq. Xotirada saqlab
qolish sezgi organlaridagi
qo‘zg‘alish bilan bogliq bo'lganidan, sezgi organlarining markazi xotira markazi
ham bo'ladi. Shuning uchun bosh miya po‘stlog‘idagi sezgi organlari markazlari
zararlanganida xotiraning o‘sha turi buziladi. Masalan, yarimsharlar po‘stlog‘ining
ensa qismi zararlanganida ohrazli xotira izdan chiqadi.
Axborot xotirada saqlanib qolishi uchun uni bir necha marta takrorlash lozim.
Ana shu yo‘l bilan biz telefon raqamlarini, kimyoviy
va matematik formulalar
hamda qonuniyatlarni xotirada mustahkamlab olamiz
Xotira gigiyenasi. Ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira
qisqa va
uzoq muddatli bo'ladi. Uzoq muddatli xotirada ta’sir izi uzoq yillar, ba’zan umrbod
saqlanib qoladi. Bitta narsani qayta-qayta takrorlash, reja,
sxema va jadvallardan
foydalanish, konspekt va referat tuzish, laboratoriya hamda amaliy mashg'ulotlarni
mustaqil bajarish esda saqlab qolishga yordam beradi, xotirani yaxshilaydi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Tushunchalarni tartib bilan joylashtirib, «xotira»ga tavsif bering: A - esda saqlab
qolinishi, В
- qayta hosil qilinishi, D - shaxsiy tajribaning to'planib borishi.
2. Nimani va qanday qilib eslab qolinishiga ko‘ra xotira turlari va ular uchun xos
xususiyatlarni juftlab yozing: A - harakat xotirasi, В - ohrazli xotira,
D - hissiy
xotira, E - og'zaki xotira; 1 - o'qilgan va eshitilgan narsalar, voqea va hodisalarni
esda saqlab qolish,
2 - odam qiyofasi,
musiqa ohangi, narsalar hidi va mazasini
eslab qolish, 3 - raqsga tushish, yozish, sport mashqlarini, transport haydashni eslab
qolish, 4 - o‘z boshidan kechirganlarini eslab qolish.
3. Esda saqlanish xususiyati va ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira xillari
va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yozing:
A - ixtiyoriy xotira, В - ixtiyorsiz
xotira, D - uzoq muddatli xotira, E - qisqa muddatli xotira; 1 -
voqea yoki narsaning
esda saqlab qolinishi maxsus metodlardan foydalanish bilan hog‘liq,
2 - odamning
xohishiga bog'liq bo'lmaydi, 3 - ta’sir izi uzoq saqlanmaydi, 4 - ta’sir izi uzoq,
ba’zan umrbod saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: