О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Sensor sistemalar, ya’ni analizator


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Sensor sistemalar, ya’ni analizator.
Nerv impulslari sezgi organlarida joy­
lashgan retseptorlardan sezuvchi ney­
ronlar orqali markaziy nerv sistema­
siga uzatiladi. Nerv impulslari ta’sirida 
yarimsharlar po‘stlog‘idagi neyronlarning 
qo‘zg‘alishi sezgi tuyg‘usini hosil qiladi.


Retseptorlar, qo‘zg‘alishni nerv markazi­
ga o'tkazadigan nerv yo‘li va yarimshar­
lar po‘stlog‘ining maxsus zonasi sensor 
sistemani (lot. sensus -  sezgi) hosil qiladi. 
Bunday sistemani I.P. Pavlov analizatorlar 
deb atagan (79-rasm). Shunday qilib, analiza­
torlar atrof-muhitda va organizmda sodir 
bo‘ladigan hodisalarni qabul qilib, tahlil 
qilishga ixtisoslashgan nerv tuzilmalaridan 
iborat. Ichki analizatorlar organizm ichki 
muhiti, muvozanat saqlash, tayanch-harakat 
apparati, qon bosimini nazorat qiladi. Mar­
kaziy nerv sistemasi analizatorlar orqali 
organizmda va undan tashqarida yuz bera- 
yotgan jarayonlar haqida aniq axborot oladi. 
Ana shu asosda organlar va to'qimalarga 
buyruq beradi.
Bosh miya yarimsharlari po'stloq qismida analizatorlaming oliy markazlari 
joylashgan. Masalan, ensa zonasida ko‘rish, tepada - teri orqali sezish, chakkada -
eshitish markazlari bor. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi assotsiativ 
zonalar barcha analizatorlami o‘zaro bog‘lab turadi. Sezgi organlaridan chiqadigan 
nerv yo'llari orqa miya, bosh miya stvoli va oraliq miyada kesishib, kontakt 
(tutashuv) hosil qiladi. Barcha analizatorlar funksional jihatdan o‘zaro chambarchas 
bog‘langan. Shu tufayli tashqi muhitda yuz berayotgan hodisalar to‘g‘risida 
umumlashgan yaxlit tasaw u r hosil qilamiz. Masalan, osmonda bulut paydo 
bo'lishi (ko‘rish analizatori), havoning sovishi (teri analizatori), momaqaldiroq 
gumburlashidan (eshitish analizatori) tezda yomg‘ir yog‘ishi to‘g‘risida xulosa 
chiqaramiz, yomg‘ir yog‘ishini kutib o‘tirmasdan, o‘zimizni panaga olamiz.
Analizatorlardan birining funksiyasi buzilganida boshqalarining sezgirligi 
kuchayadi. Masalan, ko‘zi ojiz odam boshqalarga nisbatan yaxshiroq eshitadi, 
harorat va bosimga sezgirroq bo‘ladi, U qog'ozga o‘yib yozilgan harflarni bemalol 
o‘qiydi, qog‘oz pullarning qiymatini aniq aytib beradi, har qanday odamni oyoq 
tovushidan tanib oladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling