О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

ko'rish o'tkirligi, ya’ni ko'rish kuchi deyiladi.
Ko‘rishning buzilishi. Ko'rishning buzilishi ko‘pincha tug‘ma uzoqni yoki 
yaqinni ko'rishdan iborat. Uzoqni aniq ko'radigan odam yaqinga qaraganida 
buyum tasviri sariq dog'dan keyinroqda hosil boladi (83-rasm). Shuning uchun 
u yaqindagi buyumlarni aniq ko'rolmaydi. Yaqinni ko‘radigan odam uzoqqa 
qaraganida buyumning tasviri sariq dog'dan oldinda hosil bolganidan uzoqni 
aniq ko‘rolmaydi. Tug'ma yaqinni ko'rish ko'z kosasining cho'ziq bolishi, tug'ma 
uzoqni ko'rish esa ko'z kosasining qisqa bolishi bilan bogliq. Ko'rish buzilganida 
shifokor maxsus ko'zoynak taqishni tavsiya qiladi.
Ko‘z kasalliklari. Ko'zning kamalak pardasidagi melanin pigmenti ko'z rangini 
belgilaydi. Pigment bo'lmaganida yorug'lik faqat qorachiq orqali emas, balki 
kamalak parda orqali ham ko'z soqqasiga o'tadi. Pigmentning bo'lmasligi natijasida 
ko'zning ko'rish qobiliyati ancha pasayadi va albinizm kasalligi rivojlanadi.
162


83-rasm. Yaqinni va uzoqni ko‘rish: a -  me’yorda ko‘rish, b yaqinni ko‘rish va m i 
ko‘zoynak taqib tuzatish, d -  uzoqni ko‘rish va m i ko'zoynak taqib tuzatish.
Ko‘z kasalliklari qatoriga ko‘zning qorong'ida ko‘rish qobiliyatining buzili­
shi - shabko'rlik ham kiradi. Shabko‘r odam kunduzi yaxshi ko'radi, lekin 
qorong‘ilikda ko‘rmaydi. Kasallik ko‘z to‘r pardasi tayoqchasimon hujayralaridagi 
o'zgarishlar yoki hujayralar tarkibidagi rodopsin (tug‘ma shabko‘rlik), yoki ovqat 
tarkibida A vitaminining yetishmasligi yoki glaukoma, ko‘rish nervi atrofiyasi va 
boshqa ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq bolishi mumkin. Keksalikda qon tomirlar 
sklerozi ta’sirida ko‘z pardasining qon bilan ta’minlanishi buzilib, ko‘z xiralashib 
qoladi. Keksalikda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar ko‘z gavharining xiralashuvi — 
kataraktasiga sabab bo‘ladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling