О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Eshitish organlarining tuzilishi, eshitish gigiyenasi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

55-§. Eshitish organlarining tuzilishi, eshitish gigiyenasi
Eshitishning ahamiyati. Odam atrof-muhitdan tovush to‘lqinlarini eshitish 
organlari orqali qabul qiladi. Eshitish orqali odam nutq o‘rganadi va o‘zaro muloqot 
qiladi. Eshitish analizatori ham ko‘rish singari periferik, o‘tkazuvchi va markaziy 
qismlardan iborat. Periferik qismga quloq, o‘tkazuvchi qismga eshitish nervlari
markaziy qismga bosh miya yarimsharlari eshitish zonasi kiradi (84-rasm).
Quloqning tuzilishi. Odam va boshqa sutemizuvchilar qulog‘i tashqi, o‘rta va 
ichki bo'limga ajratiladi (85-rasm). Tashqi quloq quloq suprasi va tashqi eshitish
165


84-rasm. Eshitish anahzatorining tuzilishi:
1 -  eshitish retseptorlari, 2 -  bosh miya katta 
yarimsharlaridagi eshitish markazi,
3 — eshitish nervlari.
85-rasm Quloqning tuzilishi:
1 -  quloq suprasi, 2 -  tashqi eshitish 
yo'li. 3 -  chakka suyagi, 4 -  nog‘ora 
parda, 5 -  eshitish suyakchalari, 6 -  oval 
tuynukcha, 7 - yarimdoira kanalchalari, 
8 -  chig‘anoq, 9 -  yumaloq tuynukcha, 
JO -  eshitish nervlari.
yo‘lidan iborat Quloq suprasi tovush to‘l- 
qinlarini kuchaytiradi va eshitish yo‘liga 
yo‘naltiradi. Tashqi quloq nog1 ora parda 
bilan tugaydi. Nog‘ora parda eshitish 
yo‘liga ko'ndalang yo‘nalishda tarang tor- 
tilgan pardadan iborat.
О 
‘rta quloq bo‘shlig‘ida o‘zaro ketma-ket birikkan uchta eshitish suyakchalari: 
bolg‘acha, sandoncha va uzangicha joylashgan. Suyakchalarning birinchisi -
bolg‘acha nog‘ora pardaga yopishgan. Ikkinchi suyakcha - sandonchaning bir 
tomoni bolg‘acha dastasiga, ikkinchi tomoni uzangichaning yuqori qismiga 
tutashgan. Uchinchi suyakcha - uzangichaning yuqori qismi sandonchaga, ken- 
gaygan ikkinchi uchi ichki quloqning oval teshikchasini yopib turadigan elastik 
pardaga yopishgan. ‘rta quloq bo‘shlig‘i eshitish naychasi orqali halqum bilan 
tutashgan.
Ichki quloq -  bo'shliq, yarimdoira kanalchalar va chig‘anoqdan iborat. Ular 
tashqi tomondan suyak labirint, uning ichida parda labirintdan tashkil topgan. Suyak 
va parda labirint orasida perilimfa suyuqligi, parda labirint ichida esa endolimfa 
suyuqligi bo'ladi. Endolimfa suyuqligida eshitish retseptorlari joylashgan.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling