О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Eshitish organlari funksiyasi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Eshitish organlari funksiyasi. Tovush to‘lqinlari tashqi quloqning eshitish 
yo‘li orqali o‘tib, nog‘ora pardani, so‘ngra o‘rta quloq suyakchalarini tebratadi. 
Suyakchalar tovushni ichki quloqning oval teshikchasiga o‘tkazadi. Tovush to‘l- 
qinlari ichki quloq suyuqligiga ham o'tadi Tovush tebranishlarini ichki quloq


86-rasm. Ichki quloq chig‘anog‘ining tuzilishi: I - nerv, 2 -  sezgir tukchali hujayralar,
3 -  parda to‘siq, 4 -  membrana.
retseptorlari nerv impulslariga aylantiradi. Impulslar eshitish nervlari orqali miya 
yarimsharlarining chakka qismidagi eshitish markaziga o‘tadi. Bu yerda tovushning 
xususiyati, kuchi va balandligi tahlil qilinadi.
Eshitishning bnzilishi, eshitish gigiyenasi. Eshitish pasayishining sababi 
ko‘pincha tashqi eshitish yo'lida oltingugurt to‘planib qolishi bilan bog‘liq. Bu 
moddani tashqi eshitish yo'lidagi bezlar ishlab chiqaradi. Bunday hollarda shi- 
fokorga murojaat qilish zarur. Oltingugurt tiqinini cho‘p yoki o'tkir narsalar bilan 
olishga urinish quloqning nog‘ora pardasiga jarohat yetkazishi mumkin.
Kuchli shovqin quloqqa uzoq vaqt davomida ta’sir qilib turganida nog‘ora 
pardaning tarangligi pasayib, quloq eshitmaydigan bo'lib qoladi. O 'ta kuchli 
tovush, masalan, portlashda hosil boladigan tovush to‘lqini nog‘ora pardani yirtib 
yuborishi mumkin. Portlash vaqtida og‘izni ochib turish nog‘ora pardaga ta’sirni 
kamaytiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Tovush va nerv impulslari o‘tadigan yo‘lni tartib bilan ko'rsating: A - sandoncha, 
В - oval tuynukcha, D - parda labirint, E - tashqi eshitish yo‘li, F - bolg'acha, G -
uzangicha, H - suyak labirint, I - nog1 ora parda, J - retseptor, К - eshitish markazi, 
L - eshitish nervi.
2. Eshitish analizatori qismlarini ularga xos tuzilish belgilari bilan birga juftlab yozing: 
A - tashqi quloq, В - o'rta quloq, D - ichki quloq, E - eshitish markazi; 1 - bolg‘acha, 
sandoncha va uzangicha joylashgan, 2 - bo‘shliqlai\ yarimdoira kanalchalari va
^ 1 6 7


labirintdan iborat, 3 - yarimsharlar chakka qismida joylashgan, 4 - quloq suprasi va 
tashqi eshitish yo'lidan iborat.
3. Eshitish analizalori qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - tashqi quloq
В - o'rta quloq, D - ichki quloq, E - eshitish markazi; 1 - tovush signallarini 
qabul qilib, nerv impulslariga aylantiradi, 2 - tovush signallarini kuchaytiradi va 
uzatadi, 3 - tovush signallarini tahlil qiladi, 4 - tovush signallarini kuchaytiradi va 
yo'naltiradi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling