О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


 -  muvozanat saqlash organi nervi, suyuqlik va retseptorlar joylashgan. Bun-  dan tashqari, xaltachalarda otolitlar -


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

6 -  muvozanat saqlash organi nervi,
suyuqlik va retseptorlar joylashgan. Bun- 
dan tashqari, xaltachalarda otolitlar -  
muvozanat toshchalari bo'ladi. Odam ha- 
rakatlanganida yoki boshini burganida xaltacha va naychalar ichidagi suyuqlik 
hamda otolitlar holati o'zgarib, retseptorlarda qo‘zg‘alish paydo bo‘ladi. Yarim­
doira naylar aylanma harakatga sezgir boladi. Nerv impulslari vestibular nervlar 
va miya ko‘prigi orqali miyachaga va yarimsharlar po‘stlog‘iga uzatiladi.
Ba’zan paroxodda suzayotgan odamning boshi aylanib, ko‘ngli ayniydi. «Dengiz 
kasalligi» deb ataladigan bu holat odam boshining ritmik tebranishi natijasida ves­
tibular apparat retseptorlarida to‘xtovsiz paydo bo'lib turadigan qo‘zg‘alishlar bilan 
bog‘liq (88-rasm). Vaznsizlik holatida otolitlar retseptorlarga ta’sir qilmay qo‘yishi 
tufayli odam o‘zini tubsiz jarga qulayotgandek his etib, ko‘ngli ayniydi. Buning 
oldini olish maqsadida kosmonavtlar maxsus mashqlar yordamida vaznsizlik 
holatiga tayyorlanadi.
88-rasm. Muvozanat saqlash organi tuzilishi va funksiyasi: 1 - yarimdoira nay,
2 -  xaltacha, 3 -  otolitlar (ohaktoshchalar), 4 -  tukchali hujayralar, 5 -  nerv tolalari. 
‘ng tomonda bosbning har xil holatida muvozanat organining o‘zgarishi ko‘rsatilgan.
169


89-rasm. Muskul retseptorlari:
1 -  muskullar, 2 -  muskul 
tolalari, 3 -  sezuvchi nerv,
4 -  muskul retseptor qobig‘i,
5 -  sezuvchi nerv uchi.
90-rasm. Tuyg‘u retseptorlari: 1 -  siypalash,
2 -  harakat seash, 3 -  og‘riq sezish, 4 -  teri 
retseptorlari, 5 -  nerv tolalari.
Muskul sezish. Muskullar, paylar va bo‘- 
g‘imlarda maxsus retseptorlar joylashgan (89- 
rasm). Bu retseptorlardan bir xillari muskullar 
qisqarganida, boshqalari esa muskullar bo‘shashganida qo‘zg‘aladi. Qo‘zg‘alish 
nerv impulslari holatida sezuvchi nervlar orqali bosh miyaning harakat markaziga 
boradi. U yerda hosil bo‘lgan refleks ta’sirida harakat sodir bo'ladi.
Muskul va paylardagi sezgi yashirin sezgi deyiladi. Ular tufayli odam ishonch 
bilan qadam tashlaydi, ko‘zi yumuq holida qo‘li bilan aniq harakatlar qiladi. Lekin 
muskul va paylarning sezuvchanligini odam payqamaydi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling