О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Tuyg‘u, ya’ni teri sezish


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Tuyg‘u, ya’ni teri sezish orqali odam tashqi muhitning organizmga ta’sirini 
his etadi. Tuyg‘u retseptorlari terida joylashgan (90-rasm). Retseptorlar ayniqsa, 
barmoq uchi, kaft va tilda ko‘p bo‘ladi. Bu retseptorlar orqali odam issiq, sovuq, 
og‘riqni his etadi, Tuyg‘u tufayli odam ko‘zi yumuq holda ham buyumlarning 
og‘trligi, katta-kichikligini sezadi.
Teriga biron o‘tkir narsa tekkanida bosim ta’sirida unda egilish yuz beradi. 
Egilish ta’sirida retseptorlarda paydo bo lgan nerv signallari bosh miyaning teri
1 7 0 j


sezish markaziga uzatiladi. Nerv markazida paydo bolgan og'riq reflekslari 
ta’sirida muskullarning qisqarishi tufayli odam og‘rigan organini tortib oladi. 
Og‘riq retseptorlari organizmga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday 
ta’sirga nisbatan nerv impulslari hosil qiladi. Og'riq kishi e’tiborini bo‘lajak xavf- 
xatarga yashin tezligida jalb qiladi. Sovuq va issiqni sezadigan retseptorlar terida 
va shilliq pardada joylashgan. Ular tashqi muhit harorati ta’sirida qo‘zg‘aladi. Bu 
retseptorlar tana haxoratini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Haroratni sezuvchi retseptorlar tashqi muhitning o‘zgarishiga moslanish 
xususiyatiga ega. Shuning uchun dastlab juda issiq sezilgan suvga oyog‘imizni 
solib turganimizda suv birmuncha sovigandek seziladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
Muvozanat organlari va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab ko‘rsating: A -
yarimdoira naylar; В - oval xaltacha, D - dahliz, E - otolitlar, F - retseptorlar; 1 -
ikkita oval xaltachaga ega, 2 - muvozanat toshchalari, 3 - ichida otolitlar bo‘ladi,
4 - aylanma harakatga sezgir, 5 - nerv impulslari hosil qiladi.
0 ‘ylab javob bering:
1. Vaznsizlik holatiga tushgan kishi cVzini tubsiz jarga qulayotgandek his etadi. 
Arg‘imchoqda uchayotgan kishi esa ko‘ngli aynib, qayt qila boshlaydi. Bu ikki 
vaziyat muvozanat organlaridagi qanday o‘zgarishlar bilan bogliq?
2. Terida joylashgan tuyg‘u retseptorlari bosimga juda sezgir boladi. Nima sababdan 
ular kaft, barmoqlar va ayniqsa, til uchi va lablarda ko‘p boladi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling