О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Ichki organlar sezuvchanligi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Ichki organlar sezuvchanligi. Ichki organlar devorida joylashgan retseptorlar 
shu organlarda kimyoviy, mexanik, bosim yoki haroratning o‘zgarishi ta’sirida 
qo‘zg£aladi. Qo'zg'alish vegetativ nervlari orqali orqa va bosh miya nerv mar- 
kazlariga boradi. Nerv markazlarida nerv signallari tahlil qilinib, tegishli organlarga 
uzatiladi. Nerv impulslari faoliyatini kuchaytiradi yoki sekinlashtiradi.
Ichki organlar retseptorlarining qo‘zg‘alishi hamma vaqt ham sezilavermaydi. 
Masalan, yurak, jigar, buyrak, qon tomirlari retseptorlari qo‘zg‘alishini odam sez- 
maydi. Lekin qovuqdagi siydik ajratish, oshqozondagi och qolish, qon tomirlari 
devoridagi chanqash, ichakdagi najas ajratish retseptorlari qo‘zg‘alishini his etadi. 
Ichki organlar kasallanganida ulardagi retseptorlar kuchli qo‘zg‘alib, kasallangan 
organ joylashgan sohada og‘riq paydo qiladi.


Sezgi organlari funksiyasining o‘zaro muvofiqligi. Organizmda sezgi organ- 
laridan birortasi zararlanganida boshqalari lining o‘rnini to'ldiradi. Shuning uchun 
ko‘r bo‘lib qolgan odam yaxshi eshitadi, hidni yaxshi sezadi, barmoqlari yordamida 
buyumlami, masalan, qog‘oz va tanga pullarning qiymatini aniqlab bera oladi. 
Birdaniga ikki sezgi organi zararlanib, ko‘r va kar bo‘lib qolgan odamning hid 
bilish qobiliyati juda kuchayadi. U gazetalar va jum allar nomini hididan biladi, 
musiqa to‘lqinlarini butun tanasi orqali eshitadi.
Topshiriqlai'ga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Ta’m va uni sezuvchi retseptorlar o‘rnini juftlab ko‘rsating: A - sho‘r, В - nordon
D - achchiq, E - shirin; 1 - tilning oldingi uchi, 2 - dining orqa ildizi, 3 - tilning 
oldingi uchi va yon tomoni, 4 - tilning ikki yoni.
2. Ta’m bilishda nerv impulslari o‘tadigan yo‘lni tartib bilan ko‘rsating: A 
talamus, 
В - adashgan nervlar, D - retseptor, E - markaziy nerv sistemasi, F - til nervlari, 
G uzunchoq miya.
‘ylab javob bering:
1. Aytishlaricha, buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven kar bo‘lgan, U 
hassasining bir uchini royalga taqab qo‘yib, ikkinchi uchini tishlari bilan ushlab 
turib musiqa eshitgan. Shu usulda musiqa eshitish mumkinmi?
2. Nima sababdan achchiq taomning mazasi faqat ovqat og‘izda chaynala boshlangandan 
song1 seziladi?
3. Ko‘zi ojiz odam qanday qilib tovush chiqarayotgan manbani uzoqdan aniq aytib bera 
oladi, lekin hid chiqayotgan manbani faqat yaqin masofadan amqlay oladi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling