Sezgi organlari funksiyasining o‘zaro muvofiqligi. Organizmda sezgi organ-
laridan birortasi zararlanganida boshqalari lining o‘rnini to'ldiradi. Shuning uchun
ko‘r bo‘lib qolgan odam yaxshi eshitadi, hidni yaxshi sezadi, barmoqlari yordamida
buyumlami, masalan, qog‘oz va tanga pullarning qiymatini aniqlab bera oladi.
Birdaniga
ikki sezgi organi zararlanib, ko‘r va kar bo‘lib qolgan odamning hid
bilish qobiliyati juda kuchayadi. U gazetalar va jum allar nomini hididan biladi,
musiqa to‘lqinlarini butun tanasi orqali eshitadi.
Topshiriqlai'ga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Ta’m va uni sezuvchi retseptorlar o‘rnini juftlab ko‘rsating: A - sho‘r, В
- nordon,
D - achchiq, E - shirin; 1 - tilning oldingi uchi, 2 - dining orqa ildizi, 3
- tilning
oldingi uchi va yon tomoni, 4 - tilning ikki yoni.
2. Ta’m bilishda nerv impulslari o‘tadigan yo‘lni tartib bilan ko‘rsating: A
talamus,
В - adashgan nervlar,
D - retseptor, E - markaziy nerv sistemasi, F - til nervlari,
G uzunchoq miya.
0 ‘ylab javob bering:
1.
Aytishlaricha, buyuk nemis kompozitori Lyudvig van Betxoven kar bo‘lgan, U
hassasining bir uchini royalga taqab qo‘yib, ikkinchi uchini tishlari bilan ushlab
turib musiqa eshitgan. Shu usulda musiqa eshitish mumkinmi?
2. Nima sababdan achchiq taomning mazasi faqat ovqat og‘izda chaynala boshlangandan
song
1 seziladi?
3. Ko‘zi ojiz odam qanday qilib tovush chiqarayotgan manbani uzoqdan aniq aytib bera
oladi, lekin hid chiqayotgan manbani faqat yaqin masofadan amqlay oladi?
Do'stlaringiz bilan baham: