sezish markaziga uzatiladi. Nerv markazida paydo bolgan og'riq
reflekslari
ta’sirida muskullarning qisqarishi tufayli odam og‘rigan organini tortib oladi.
Og‘riq retseptorlari organizmga ziyon keltirishi mumkin bo‘lgan har qanday
ta’sirga nisbatan nerv impulslari hosil qiladi. Og'riq kishi e’tiborini bo‘lajak xavf-
xatarga yashin tezligida jalb qiladi. Sovuq va issiqni sezadigan
retseptorlar terida
va shilliq pardada joylashgan. Ular tashqi muhit harorati ta’sirida qo‘zg‘aladi. Bu
retseptorlar tana haxoratini boshqarishda muhim ahamiyatga ega.
Haroratni sezuvchi retseptorlar tashqi muhitning o‘zgarishiga moslanish
xususiyatiga ega. Shuning uchun dastlab juda issiq sezilgan suvga oyog‘imizni
solib turganimizda suv birmuncha sovigandek seziladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
Muvozanat organlari va ularga mos keladigan tushunchalarni juftlab ko‘rsating: A -
yarimdoira naylar; В - oval xaltacha,
D - dahliz, E - otolitlar, F - retseptorlar; 1 -
ikkita
oval xaltachaga ega, 2 - muvozanat toshchalari, 3 - ichida otolitlar bo‘ladi,
4 - aylanma harakatga sezgir, 5 - nerv impulslari hosil qiladi.
0 ‘ylab javob bering:
1. Vaznsizlik holatiga tushgan kishi cVzini tubsiz jarga qulayotgandek his etadi.
Arg‘imchoqda uchayotgan kishi esa ko‘ngli aynib, qayt qila boshlaydi.
Bu ikki
vaziyat muvozanat organlaridagi qanday o‘zgarishlar bilan bogliq?
2. Terida joylashgan tuyg‘u retseptorlari bosimga juda sezgir boladi. Nima sababdan
ular kaft, barmoqlar va ayniqsa, til uchi va lablarda ko‘p boladi?
Do'stlaringiz bilan baham: