О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


XIII BOB. KOTAYISH VA RIVOJLANISH, ODAMNING


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

174


XIII BOB. KOTAYISH VA RIVOJLANISH, ODAMNING 
BIOLOGIK VA IJTIMOIY TABIATI
S8-§. Ko‘payish organlari
Ko‘payishning ahamiyati. Barcha tirik organizmlar sing an odam ham o‘z- 
o‘zini yaratish, ya’ni ko‘payish xususiyatiga ega. Ko‘payish tufayli organizm 
o‘z tuzilish belgilari va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolib, naslga o'tkazadi. 
Ko‘payish orqali organizm o‘z turi hayotini davom ettiradi.
Ko'payish urg'ochi va erkak jinsiy hujayralarining qo'shilishi, ya’ni urug‘- 
lanishdan boshlanadi. Urug‘lanish natijasida ikkita jinsiy hujayradan bitta 
uruglangan hujayra - zigota hosil bo‘ladi. Zigotada ota va ona organizm belgilari 
mujassamlashgan bo‘ladi. Zigotaning ketma-ket bo'linishi natijasida ko‘p hujayrali 
organizm shakllanadi. Bu organizm dastlab ona tanasidagi maxsus organ - bacha- 
don ichida o‘sib, rivojlanadi. Tug‘ilgandan so‘ng uning o'sishi va rivojlanishi voyaga 
yetish davrigacha davom etadi. ‘sish - bu organizmning miqdoriy jihatdan, ya’ni 
bo‘yi va og‘irligining ortishi bo‘lsa, rivojlanish organizmning zigota davridan 
boshlab hayoti davomida yangi belgi va xususiyatlarm hosil qilishidan iborat.
Erkaklik jinsiy organlari bir juft urug‘donlar, urug'donlar yo‘li, qo‘shimcha 
bezlar (urug‘ pufaklari, prostata bezi) va jinsiy olatdan iborat. Urug‘donlar teri 
xaltacha - moyak ichida joylashgan. Urug'donlar va qo‘shimcha bezlar yo‘li siydik 
chiqarish nayiga ochiladi,
Ayollarning jinsiy organlari. Tuxumdonlar, bachadon nayi (tuxum yo‘li), 
bachadon va jinsiy qin ayollarning ichki jinsiy organlari hisoblanadi. Bu organlar 
chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan. Bir juft tuxumdonlar kichik chanoqning yon 
devori va bachadon devoriga yopishgan. Tuxumdonlar juda ko‘p follikulalar -
pufakchalardan iborat. Follikula ichida bittadan tuxum у etiladi. Yangi tug'ilgan 
qiz bolada 400000 ga yaqin yetilmagan tuxum hujayralar bo‘ladi, ulardan 
faqat 350-500 tasi qiz bola hayoti davomida yetilishga ulguradi. Tuxumdonlar 
voronkalarga botib kirgan. Voronkalar bachadon naylariga, ya’ni tuxum yo'llariga, 
ikkala bachadon naylari esa yagona keng bachadonga ochiladi. Bachadon devori 
shilimshiq parda bilan qoplangan ichi bo‘sh muskulli xaltadan iborat.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling