О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
XIII BOB. KOTAYISH VA RIVOJLANISH, ODAMNING
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkaklik jinsiy organlari
174
XIII BOB. KOTAYISH VA RIVOJLANISH, ODAMNING BIOLOGIK VA IJTIMOIY TABIATI S8-§. Ko‘payish organlari Ko‘payishning ahamiyati. Barcha tirik organizmlar sing an odam ham o‘z- o‘zini yaratish, ya’ni ko‘payish xususiyatiga ega. Ko‘payish tufayli organizm o‘z tuzilish belgilari va hayotiy xususiyatlarini saqlab qolib, naslga o'tkazadi. Ko‘payish orqali organizm o‘z turi hayotini davom ettiradi. Ko'payish urg'ochi va erkak jinsiy hujayralarining qo'shilishi, ya’ni urug‘- lanishdan boshlanadi. Urug‘lanish natijasida ikkita jinsiy hujayradan bitta uruglangan hujayra - zigota hosil bo‘ladi. Zigotada ota va ona organizm belgilari mujassamlashgan bo‘ladi. Zigotaning ketma-ket bo'linishi natijasida ko‘p hujayrali organizm shakllanadi. Bu organizm dastlab ona tanasidagi maxsus organ - bacha- don ichida o‘sib, rivojlanadi. Tug‘ilgandan so‘ng uning o'sishi va rivojlanishi voyaga yetish davrigacha davom etadi. 0 ‘sish - bu organizmning miqdoriy jihatdan, ya’ni bo‘yi va og‘irligining ortishi bo‘lsa, rivojlanish organizmning zigota davridan boshlab hayoti davomida yangi belgi va xususiyatlarm hosil qilishidan iborat. Erkaklik jinsiy organlari bir juft urug‘donlar, urug'donlar yo‘li, qo‘shimcha bezlar (urug‘ pufaklari, prostata bezi) va jinsiy olatdan iborat. Urug‘donlar teri xaltacha - moyak ichida joylashgan. Urug'donlar va qo‘shimcha bezlar yo‘li siydik chiqarish nayiga ochiladi, Ayollarning jinsiy organlari. Tuxumdonlar, bachadon nayi (tuxum yo‘li), bachadon va jinsiy qin ayollarning ichki jinsiy organlari hisoblanadi. Bu organlar chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan. Bir juft tuxumdonlar kichik chanoqning yon devori va bachadon devoriga yopishgan. Tuxumdonlar juda ko‘p follikulalar - pufakchalardan iborat. Follikula ichida bittadan tuxum у etiladi. Yangi tug'ilgan qiz bolada 400000 ga yaqin yetilmagan tuxum hujayralar bo‘ladi, ulardan faqat 350-500 tasi qiz bola hayoti davomida yetilishga ulguradi. Tuxumdonlar voronkalarga botib kirgan. Voronkalar bachadon naylariga, ya’ni tuxum yo'llariga, ikkala bachadon naylari esa yagona keng bachadonga ochiladi. Bachadon devori shilimshiq parda bilan qoplangan ichi bo‘sh muskulli xaltadan iborat. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling