О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Ko4z zararlanganida birinchi yordam ko‘rsatish


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Ko4z zararlanganida birinchi yordam ko‘rsatish. Ko‘zga xas-cho‘p, chang 
va boshqa narsalar tushib qolganida ko‘zni yuvish, qovoqlarni yuqoriga yoki 
pastga tortib, ularning ostidagi narsani toza ro'molchaning uchi yoki ho‘llangan 
toza paxta bilan olib tashlash lozim. Ko‘z qattiq jarohat olganida, uni yuvish yoki 
ko‘zga tushgan narsalarni chiqarishga urinmaslik kerak. Jarohatlangan ko'zni toza 
bint bilan bog‘lab, bemomi shifoxonaga yotqizish lozim.
Ko‘rish gigiyenasi. Ko'rishning buzilmasligi uchun kam yoritilgan xonada 
o'qimaslik, ko‘zni zo‘riqtiradigan ishlar bilan ko‘p shug‘ullanmaslik kerak. Yozish, 
o‘qish, bichish va tikish kabi ishlarni bajarganda qog‘oz, kitob yoki narsalarni 
ko‘zdan 40 cm narida tutish lozim. Harakatlanayotgan transportda, ayniqsa, 
avtobusda o‘qish mumkin emas, Chunki harakatlanayotgan transportda kitobning 
doimo qimirlab turishi ko‘zni toliqtirib, ko‘rishning buzilishiga sabab bo‘ladi.
163


Kitob o'qiyotganda yoki xat yozayotganda xonaning yoritilganligiga katta e’tibor 
berish kerak. Stolga yorug'lik chap tomondan tushishi lozim. Ishxonada kunduzgi 
yorug'lik beruvchi lampalardan foydalanish zarur.
Ko‘rish organizmda A vitamini yetishmasligi sababli ham buzilishi mumkin. 
Alkogol va chekish ko‘zga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan hisoblanadi. Tamaki 
tarkibidagi nikotin va boshqa moddalar koVish nervlariga zarar yetkazadi. 
Shamolda, iflos qo‘l, kir sochiq yoki boshqa sabablar tufayli ko‘zga mikroblar 
tushib qolganida yallig'lanish - konyunktivit paydo bo‘ladi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Atamalar va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: A - akkomodatsiya, В -
ko'rish o'tkirligi, D 
stereoskopik ko'rish, E 
kiprikli tana, F 
albinizm, H 
assotsiativ zona; 1 - ko'z gavhari qavaiiqligini boshqaruvchi muskul, 2 - predmet 
tasvirining ikkala ko'zning bir xil joyi, ya’ni sariq dog'ga tushirilishi, 3 
melanin 
pigmenti bo'lmasligi. 4 - gavhar egikligini o'zgartirib, ko'zni foknsga solish, 5 -
funksiyasi analizatorlar ishini muvofiqlashtirib turish, 6 ikki nuqtani ular orasidagi 
eng kam masofada ajratish.
2. Atamalar va ularga mos tushunchalarni juftlab yozing: A - katarakta, В -
konyunktivit, D - ko'rish, E - glaukoma, F - sklera. H - melanin, G - daltonizm;

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling