О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Ko'z soqqasi pardalari va ularga xos tuzilish belgilarini juftlab yozing: A - oqsil 
parda, В - tomirli parda, D - to'r parda, E - kamalak parda; 1 - qon tomirlari 
va pigmentli hujayralardan iborat, oldingi qismi kamalak pardani hosil qiladi, 2 -
yorug'likka sezgir kolbasimon va tayoqchasimon hujayralardan iborat, 3 - oldingi 
qismi tiniq muguz qavatni hosil qiladi, 4 - tomirli pardaning oldingi rangli qismi.
2. Ko'z qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: A - shox parda, В - kamalak 
parda, D - qorachiq, E - gavhar, F - shishasimon tana, G - kolbasimon hujayralar, 
H - tayoqchasimon hujayralar, I - sariq dog‘; 1 - yorug'likni sindirib, sariq dog'ga 
tushiradi, 2 - ko'z kosasi bo‘shlig‘ini to'ldiradi, 3 - yorugiikni qorachiqqa o'tkazadi,
4 - yorug'lik kuchini boshqaradi, 5 - ko'z rangini belgjlaydi, 6 - tasvir hosil qiladi
7 - rangni ajratadi, 8 - kuchsiz yorug'likda qo'zg'aladi.
11- Biologiya (Odam va uning salomatligi), 8-snif
161


3. Ko'rish jarayonida yorug'lik o'tadigan yo‘lni tartib bilan ko'rsating: A - ko'z gavhari, 
В - shishasimon tana, D - sariq dog‘, E - muguz parda, F - ko‘z oldingi kamerasi
G - qorachiq.
‘ylab javob bering:
1. Nima uchun «ko‘z qaraydi, lekin miya ko'radi», deyishadi?
2. Kino yoki televizor orqali biz tomosha qilayotgan tasvirlar aslida alohida kadrlaming 
ketma-ket va tez-tez almashib turilishidan iborat. Nima sababdan biz ulaxni ekranda 
yaxlit tasvir holatida ko'ramiz?
54-§. Ko‘rish organlarining funksiyasi
Ko‘zning funksiyasi. Ko'zni optik kameraga o‘xshatish mumkin. Uning to'r 
pardasi yorug'likka sezgir ekran, ko'z gavhari va shox parda yoruglikni sindi- 
ruvchi muhit hisoblanadi. Kamalak parda orqasida joylashgan kipriksimon mus­
kullar ko‘z gavhari qavariqligini o‘zgartirib, yorug'lik nuriarini ko‘proq yoki 
kamroq sinishini ta’minlaydi. Ko'z gavhari o‘z egikligini o'zgartirib, predmetdan 
tushadigan nurlarning to'r pardada fokuslash jarayoni akkomodatsiya deyiladi. 
Akkomodatsiya tufayli buyumlar uzoq yoki yaqin turishiga qaramasdan, aniq 
ko‘rinadi. Biz narsalarga har ikkala ko‘zimiz bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta 
bolib ko'rinadi. Narsaning tasviri ikkala ko‘zning bir xil joyiga, ya’ni sariq dog'ga 
tushganida bitta bolib ko‘rinishi stereoskopik ko'rish deyiladi.
Ko'zning ikki nuqtani ular orasidagi eng kam masofada ajrata olish xususiyati 

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling