О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Xotiraning fiziologik tabiati


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

150


Xotiraning fiziologik tabiati. Xotira bosh miya yarimsharlari po\stloq qis- 
midagi markazlar bilan bog‘liq. Xotirada saqlab qolish sezgi organlaridagi 
qo‘zg‘alish bilan bogliq bo'lganidan, sezgi organlarining markazi xotira markazi 
ham bo'ladi. Shuning uchun bosh miya po‘stlog‘idagi sezgi organlari markazlari 
zararlanganida xotiraning o‘sha turi buziladi. Masalan, yarimsharlar po‘stlog‘ining 
ensa qismi zararlanganida ohrazli xotira izdan chiqadi.
Axborot xotirada saqlanib qolishi uchun uni bir necha marta takrorlash lozim. 
Ana shu yo‘l bilan biz telefon raqamlarini, kimyoviy va matematik formulalar 
hamda qonuniyatlarni xotirada mustahkamlab olamiz
Xotira gigiyenasi. Ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira qisqa va 
uzoq muddatli bo'ladi. Uzoq muddatli xotirada ta’sir izi uzoq yillar, ba’zan umrbod 
saqlanib qoladi. Bitta narsani qayta-qayta takrorlash, reja, sxema va jadvallardan 
foydalanish, konspekt va referat tuzish, laboratoriya hamda amaliy mashg'ulotlarni 
mustaqil bajarish esda saqlab qolishga yordam beradi, xotirani yaxshilaydi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Tushunchalarni tartib bilan joylashtirib, «xotira»ga tavsif bering: A - esda saqlab 
qolinishi, В - qayta hosil qilinishi, D - shaxsiy tajribaning to'planib borishi.
2. Nimani va qanday qilib eslab qolinishiga ko‘ra xotira turlari va ular uchun xos 
xususiyatlarni juftlab yozing: A - harakat xotirasi, В - ohrazli xotira, D - hissiy 
xotira, E - og'zaki xotira; 1 - o'qilgan va eshitilgan narsalar, voqea va hodisalarni 
esda saqlab qolish, 2 - odam qiyofasi, musiqa ohangi, narsalar hidi va mazasini 
eslab qolish, 3 - raqsga tushish, yozish, sport mashqlarini, transport haydashni eslab 
qolish, 4 - o‘z boshidan kechirganlarini eslab qolish.
3. Esda saqlanish xususiyati va ta’sir izining saqlanish muddatiga binoan xotira xillari 
va ular uchun xos xususiyatlarni juftlab yozing: A - ixtiyoriy xotira, В - ixtiyorsiz 
xotira, D - uzoq muddatli xotira, E - qisqa muddatli xotira; 1 - voqea yoki narsaning 
esda saqlab qolinishi maxsus metodlardan foydalanish bilan hog‘liq, 2 - odamning 
xohishiga bog'liq bo'lmaydi, 3 - ta’sir izi uzoq saqlanmaydi, 4 - ta’sir izi uzoq, 
ba’zan umrbod saqlanib qoladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling